So’nggi yangiliklar

00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  10 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2

Abdumavlon Abdujalilov: “Neftchi”ga Yuriy Vazgenovichning qarg'ishi tegmagan” Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: “Neftchi”ga Yuriy Vazgenovichning qarg'ishi tegmagan”

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bu yilgi oliy liga bahslarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi.

Turnir jadvalida 15-pog'onani qo'lga kiritgan farg'onaliklar birinchi ligaga ravona bo'lishdi. Biz o'tgan yili “Neftchi” jamoasi safida debyut qilgan darvozabon Abdumavlon Abdujalilov bilan suhbatlashdik. 


- Siz o'tgan yili oliy ligada debyut qildingiz. Bu yilgi chempionat jamoangiz uchun omadsiz o'tdi. O'zingiz o'tkazgan o'yinlaringizdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Aytib o'tganingizdek o'tgan yili oliy ligada debyut qilganman. Avvalgi yilgiga qaraganda bu yilgi chempionat men uchun yaxshiroq o'tdi. Lekin jamoam uchun omadsiz yil bo'ldi. futbolchi sifatida bu yil o'sishga erishdim. Bu yilgi chempionatni asosan oliy ligada jon saqlab qolish bilan o'tkazdik. 

- “Neftchi” jamoasining omadsiz ishtirokiga nima sabab bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- Barcha yaxshi biladi O'zbekiston chempionatida 2ta davra bor. Mana shu 2ta davra ham biz uchun bir xilda o'tdi, desam xato bo'lmaydi. Ikkita davraning boshida 6, 7ta uchrashuvda g'alaba qozonish qiyin bo'ldi. Misol uchun birinchi davraning 7-turida g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsak, ikkinchi davraning 8-turida birinchi g'alabamizni nishonladik. Balki futbolchilar bir-biri bilan chiqishib keta olmagan bo'lishi mumkin. Qaerdadir omad bizdan yuz o'girgan bo'lishi ham mumkin. Birinchi davraga nisbatan ikkinchi davrada bizga haqiqatdan ham omad etishmadi, deb aytishim mumkin. “SHo'rtan”, “Navbahor” jamoalari bilan o'z uyimizda bo'lib o'tgan uchrashuvning so'nggi daqiqalarida yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Menimcha bularning barchasi omad bilan bog'liq. Jamoadan bir necha futbolchilar ketib ularning o'rniga yangi futbolchilar keldi. Balki ular bilan bir-birimizni tushunib yaxshi chiqishib keta olmaganimiz ham natijaga tasir o'tkazgan bo'lishi mumkin. Birinchi davraning o'rtalariga kelib jamoa o'ziga kelib olgandi, lekin kerakli ochkolar yo'qotilib bo'lingandi. Oliy ligada qolishimizga yo'qotilgan ochkolar etishmadi, deb o'ylayman.

- “Neftchi” jamoasining omadsiz ishtirokiga murabbiylar almashinuvi tasir o'tkazdi deb o'ylaysizmi?

- Bu masala bo'yicha fikr bildirish men uchun oson bo'lmasa kerak. “Neftchi”da ikkita murabbiy ishladi. Ikki murabbiyning o'yin uslubi har xil. Vadim Abramov “Neftchi”ga kelganidan so'ng, futbolchilarning uning o'yin uslubiga o'rganishi biroz qiyin bo'ldi. SHuni hisobiga ko'p ochkolar yo'qotdik, deb o'ylayman. Murabbiylar almashinuvi futbolda tabiiy hol. Bu narsa hech kimni hayron qoldirmagan bo'lsa kerak. Jamoa qayd etayotgan natijadan rahbariyat qoniqish hosil qilmasa murabbiyni almashtiradi. Nechta murabbiy bilan ishlagan bo'lsam hech birortasi haqida yomon fikrdamasman. Murabbiylardan ko'p narsani o'rgandim. Murabbiylar almashinuvi jamoaga va qayd etilgan natijaga u darajada katta tasir ko'rsatmadi. Ikkinchi davrani boshida natija ham, o'yin uslubi ham ijobiy tomonga o'zgarganini ko'rish mumkin. 

- O'FFning qabul qilgan yangi qaroridan ayrim jamoalar xayratga tushdi. Bu yil oliy ligani 5ta jamoa tark etishi elon qilindi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Futbolchi sifatida bu qaror bizga salbiy tasir ko'rsatdi desam ham bo'ladi. CHunki hech kim yo'q joydan birinchi ligaga tushib ketishni xohlamasa kerak. Bu qaror keyingi yilgi chempionatimizni ijobiy tomonga o'zgartiradimi yoki salbiy tomonga o'zgartiradimi buni vaqt ko'rsatadi. “Neftchi” futbolchisi sifatida bunday qaror biroz barvaqtroq aytilishi lozim edi, deb o'yladim. Baribir xohlaymizmi yo'qmi O'FFda bizdan ko'ra futbolni yaxshi tushunadigan insonlar o'tiripti, deb bilaman. Bu qaror bekorga qabul qilinmagan bo'lsa kerak. Nimanidur hisobini olib bu qaror qabul qilingan. Barcha bildirayotgan fikrga men ham qo'shilaman. Balki bu qarorni biroz oldinroq aytishganida yaxshi bo'larmidi. 4ta tur qolganida vaziyatni o'zgartirish juda ham mushkul vazifa. Barcha futbolchilar va murabbiylar shok holatiga tushib qolishdi. Agarda kelasi yili chempionatimiz kuchaysa albatta bu qarorni to'g'ri deb bilaman. CHunki o'zbek futboli bitta jamoaning manfatidan ustunroq, deb o'ylayman. “Neftchi” futbol klubi boy tarixga ega bo'lgani bilan o'zbek futboli bundan ham boyroq tarixga ega. O'zini chempionati kuchli bo'lib milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etishini kim ham xohlamaydi deysiz? 

- Kelasi yili “Neftchi”da qolib birinchi liga bahslarida ishtirok etasizmi yoki bo'lmasam oliy ligada qolish uchun boshqa jamoa qidirasizmi?

- To'g'risi bu haqida xali o'ylab ko'rmadim. Hamma narsa xal bo'lganidan so'ng, oila azolarim bilan maslaxatlashib keyin bir qarorga kelaman. Menimcha hozir shoshib qaror qabul qilishni xojati yo'q, deb o'ylayman. 

- Boshqa bir jamoadan sizga taklif bo'ldimi?

- Hozircha birorta ham aniq bir taklif bo'lgani yo'q. Qiziqishlar bo'ldi deb aytishim mumkin, lekin qaysi jamoalar menga qiziqish bildirganini aytishim noo'rin bo'lsa kerak. 

- “Neftchi” deganda ko'z oldimizga Yuriy Vazgenovich Sarkisyan keladi. Ushbu murabbiy haqida qanday fikrdsiz? “Neftchi” ushbu mutaxassisni qo'yib yuborib to'g'ri yo'l tutdimi?

- To'g'ri aytdingiz, “Neftchi” deganda barcha futbol muxlislarini ko'z oldiga Yuriy Vazgenovich Sarkisyan keladi. Ushbu murabbiyning jamoadagi o'rni juda ham katta. Yuriy Vazgenovich klub uchun keng ko'lamli ishlarni amalga oshirgan. Hozirgi kunga kelib “Neftchi” jamoasida Yuriy Vazgenovich Sarkisyan nomini ikkinchi o'ringa tushirib qo'yadigan inson chiqmadi. Bu ishni amalga oshirish mushkul vazifa bo'lsa kerak. CHunki Yuriy Vazgenovich bitta jamoada 25 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borgan. Jamoaning qo'lga kiritgan aksariyat g'alabalariga mana shu inson sababchi deb bilaman. 

- Klub rahbariyati Yuriy Vazgenovichga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'yganidan so'ng, “Neftchi” pastga qarab so'ng'ishni boshladi. Jamoaning salbiy natijalar qayd etishi Yuriy Vazgenovichning istefosi bilan bog'liqmi?

- Yuriy Vazgenovich istefoga chiqarilganidan so'ng, jamoa pastga qarab sho'ng'igani to'g'ri. Lekin, bu narsa qarg'ish bilan bog'liq deb o'ylamayman. Yuriy Vazgenovichning istefoga chiqarilishi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyusson bilan bir kunda amalga oshirildi. Ikkala murabbiy ham bir vaqtda ish boshlashgan va bir kunda istefoga chiqishdi. Misol uchun, “Manchester Yunayted”dan Fergyusson ketganidan so'ng, boshqa murabbiylar hozirgi kungacha APLda jamoani chempion qila olmadi. “Neftchi” jamoasining past natija ko'rsatishi faqatgina qarg'ish bilan bog'liq, deb o'ylamayman. Bu erda boshqa omillarham sabab bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Misol uchun, Yuriy Vazgenovich davrida “Neftchi” har doim ham zo'r natijalarni qayd etmagan bo'lishi mumkin. Futbolda ruhiy jihat asosiy omil hisoblanadi. O'yinga ruhan tayyor bo'lmasa mag'lubiyatga uchrashi tabiiy. 

- Bilishimcha Yuriy Vazgenovich juda ham qattiqqo'l murabbiy bo'lgan ekan. Bu haqida eshitganmisiz?

- Ushbu murabbiyning qattiqqo'l ekanligi haqida futbolchilardan eshitganman. Meni fikrimcha qatiqqo'llikda ham gap katta. 

- “Neftchi”da 2ta murabbiy Murod Ismoilov va Vadim Abramov qo'l ostida mashg'ulot o'tkazdingiz. Ushbu murabbiylarning ustun jihatini ayta olasizmi?

- Vadim Karlenovichning ustun jihati, futbolchilarni o'yinlarga ruhan tayyorlay olishi deb bilaman. Murod Muzaffarovichni yoshligidan mehnatkash inson sifatida yaxshi bilaman. Ushbu murabbiy qo'lga kiritgan yutuqlariga faqat mehnat evaziga erishgan. 



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика