So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Abdumavlon Abdujalilov: "Har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz" Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: "Har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz"

O'zbekiston Kubogi-2017ning bu yilgi mavsumida "Neftchi" jamoasi muvaffaqiyatli tarzda odimlamoqda.

Farg'ona jamoasi musobaqaning nimchorak finalida "Navbahor"ga qarshi raqobat olib borib, ikki o'yin natijasiga ko'ra navbatdagi bosqichga yo'l oldi. Jamoa darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov esa klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida jamoaning O'zbekiston Kubogidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

- Birinchi o'rinda muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman. CHunki ularning ulkan daldasi bilan O'zbekiston Kubogidagi yurishimizni davom ettiramiz. Aynan ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashi natijasida "Navbahor" to'sig'idan o'tdik deb o'ylayman. SHuningdek yigitlarning mashg'ulotlardagi mehnatini ham alohida etirof etish kerak. Namanganda juda og'ir bahs kechdi.

Har ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqishni juda istagan edi. Biroq mazkur qarama-qarshilikda bizning istagimiz kuchli bo'lib chiqdi. SHerzod Hakimovning super goliga alohida to'xtalib o'tmasam bo'lmaydi. Darvozabon sifatida shuni ayta olamanki, bunday mahorat bilan berilgan zarbani qaytarish juda qiyin. Gol haqiqitdan ham chiroyli chiqdi. Jamoamizning o'yini asta-sekin kuchayib bormoqda. O'zbekiston Kubogida ham munosib ishtirok etishni istaymiz. Maqsadimiz xar bir bellashuvda muxlislarimizni xursand etish, - dedi Abdujalilov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика