So’nggi yangiliklar

20:39Тожикистон терма жамоаси сардори: "Биз бу ерга фақатгина иштирок учун эмас, ғалаба қозониш учун келганмиз"  0 20:06"Ал Насср" бош мураббий Луиш Каштруни вазифасидан озод этди  2 20:05Футзал ЖЧ. Ўзбекистон - Парагвай. (матнли трансляция)  20 20:05Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Васл" 0:1 (матнли трансляция)   73 20:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия — Хорватия (онлайн ҳисоб)  0 19:55 Ҳожимирзаев, Ғиёсов, Турсунов ва бошқалар — Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  1 19:39Марказий ўйин ғолиби, захирадан тушган легионер — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари  0 19:14Футзал бўйича ЖЧ. Таиланд Куба дарвозасига 10 та гол урди  3 19:09Самандар Ризомов: "Ўз вазиятларимиздан фойдалана олмадик. Мухлислар яратиб берган чиройли атмосфера учун раҳмат"  0 19:07Футзал бўйича ЖЧ. Коста-Рика ва Нидерландия муроса кўчасини танлашди  7 17:23Испания ва Қозоғистон бор гуруҳда Ливия пешқадам, Бразилия ва Португалия 10 тадан гол урди. ЖЧ-2024 1-турдан кейинги ҳолат  1 16:32"Реал" АПЛдан бир йўла 4 нафар футболчини ўз сафида кўрмоқчи  5 15:49Начо "Реал"дан "Ал Қодисия"га ўтгач, оиласидаги вазият ҳақида гапирди  2 15:18Боян Миладинович: "Ал Васл"да кучли мураббий ишламоқда, лекин "Пахтакор"га ишонаман"  9 14:59"Манчестер Юнайтед" собиқ форварди Грецияга йўл олади  1

Abdumalik Hakimov: Rahbariyat oldimizga oliy ligaga chiqish borasida qatiy talab qo'ymagan, lekin... Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: Rahbariyat oldimizga oliy ligaga chiqish borasida qatiy talab qo'ymagan, lekin...

Qisqa vaqt ichida 1-ligada o'z o'rnini topib ulgurgan Farg'onaning “Cementchi” jamoasi ushbu mavsumni ham ko'tarinki ruhda boshladi.
Abdumalik Hakimov boshchiligidagi quvasoyliklar ushbu mavsum oliy liga yo'llanmasi uchun kurashishi aytilmoqda. Dushanba kuni birinchilikning 5-tur doirasida poytaxtning “Oq-tepa” jamoasini qabul qilgan “Cementchi” yirik hisobda g'alaba nashidasini surdi. Biz uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Abdumalik Hakimovni suhbatga tortdik.

- Avvalo, “Oq-tepa”ga qarshi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Aytishim kerak, “Oq-tepa” 1-ligada o'z hurmatiga ega klub hisoblanadi. SHu bois, mazkur raqibga qarshi o'yinga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Boz ustiga, safardagi ikki uchrashuvimizda nursiz durangga erishib, ochkolarni boy bergandik. SHuning uchun bugungi bahsga tayyorgarlik boshqacha, yani jiddiy tarzda kechdi. Bugungi bellashuvda omad ham biz tarafda bo'ldi. “Oq-tepa” tarkibida tajribali futbolchilar bor. Lekin bugun bizning yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi.

- Bugun shogirdlaringiz raqibning deyarli har bir chig'ini “yopishning” uddasidan chiqdi. “Oq-tepa”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikdan oldin jamoaning qaysidir o'yinini ko'rib chiqqanmidingiz?
- “Oq-tepa”ni “Nurafshon”ga qarshi o'yining diskini topib, murabbiylar shtabi bilan birga ko'rib chiqqandik. Bu uchrashuvni futbolchilarga ko'rsatmasdan, raqibning kuchli va kuchsiz taraflarini o'rgangan edik. SHu orqali yigitlarni bellashuvga tayyorladik. Raqibning kuchli taraflarini “yopishga” harakat qildik. O'ylashimcha, buni uddaladik.

- “Oq-tepa” haqida iliq fikrlar bildirdingizku, ammo natija yirik ko'rinish oldi. Hisob o'yinga mosmi?
- Ochig'i, men hisob bunday yirik ko'rinish oladi, deb o'ylamagandim. Albatta, maydonga chiqqanimizda g'alaba uchun harakat qilamiz, lekin natijada o'tgan yildagi kabi bitta to'p farqi bo'ladi, deya taxmin qilgandim. Xudoga shukr. Himoyada deyarli xatosiz o'ynadik. Hujumchilarimiz ham o'zlarini ko'rsatishdi. Bu yakunda natijada ham o'z aksini topdi. Bolalarga rahmat! Ular o'z vazifalarini bajarishdi.

- “Cementchi” bosh murabbiyi sifatida jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan, degan mish-mishlarga oydinlik kiritib ketsangiz.
- Bunday gap-so'zlar juda ko'p. Haqiqatdan ham oliy ligagaa chiqish rejamizdan o'rin olgan. Ammo oliy ligaga chiqish bilan ish bitmaydi. Jamoa bunga tayyor bo'lishi kerak. “Cementchi” oliy ligaga chiqish yo'lida harakat qilayotgan klub, desak to'g'riroq bo'ladi. Stadionimiz, bazamiz bor, homiylarimiz barcha sharoitlarni yaratib beryapti. Rahbariyat oldimizga oliy ligaga chiqish borasida qatiy talab qo'ymagan. Harakat qilinglar, agar chiqsalaring, o'ynaysizlar, deyilgan.

- O'zbekiston birinchiligida ishtirok etayotgan klublar orasida faqat “Dinamo” yaqqol oliy liga darajasidagi klub. Oliy liga uchun kurashayotgan “Oq-tepa”, “Nurafshon” va “Cementchi”ni bunday deb bo'lmaydi.
- Hozir “Dinamo” haqida so'z yurityapsiz. Unutmaslik kerakki, hamma klub byudjetiga qarab, o'z oldiga maqsad qo'yadi. Oliy ligaga chiqish qiyin emas, lekin u erda o'rnini topib olish mushkul. Har joyning qiyinchiliklari bo'ladi. SHu jumladan, oliy liganing ham o'ziga yarasha mashaqqatlari bor. CHempionatda kuchli jamoalar qatnashadi. Tajribali klublar talaygina. Tajriba va saviya o'z-o'zidan oshib qolmaydi. Bunga ham vaqt kerak. Jamoa ko'plab o'yinlarda qatnashishi lozim. Biz ham aynan shu jihatga etibor qaratgan holda ish olib boryapmiz. (kulib) Jamoani yulduzlar bilan kuchaytirishni emas, yulduz jamoa sifatida shakllantirishni maqsad qilganmiz.

- Birinchi liganing saviyasi haqida qanday fikrdasiz?
- Men ikkala liganing saviyasida katta farq bor, deb o'ylamayman. Asosiy farq, jamoalarning byudjetida. Aynan shu jihat bo'yicha sezilarli darajada farq bor. O'yin borasida katta farqni ko'rmayapman. Sababi, o'tgan yili ham, bu yil ham O'zbekiston Kubogi bahslarida uzoqroqqa borishga harakat qildik. 2015 yil rostdan ham uzoqroqqa bordik. Mamlakatimizning grand klubi “Paxtakor” bilan to'qnash keldik. Bu yil “Navbahor” bilan uchrashdik. Bilasiz, namanganliklarning bu yilgi tarkibi juda kuchli. O'zaro o'yinda ikkala liga orasidagi kichkina farq uchrashuv oliy liga jamoasining g'alabasi bilan yakunlanishiga zamin yaratdi.


Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика