So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Abdumalik Hakimov: "Otabek Isroilov va Iqbol Boboxonov bilan kelishuvga erishdik" Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: "Otabek Isroilov va Iqbol Boboxonov bilan kelishuvga erishdik"

Quvasoyning "Cementchi" jamoasi kechadan qishki yig'inni boshladi.

Yangi mavsumga tayyorgarlik to'g'risida "Cementchi" bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov o'z fikrlarini bildirdi.


"Kecha o'z qarorgohimizda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun yig'ildik. Hozirda kuniga 1 mahaldan mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirganmiz. Barcha yaxshi biladi birinchi liga bahslarining bu yilgi mavsumi noyabr oyining so'ngi sanalarida nihoyasiga etdi. Futbolchilarni tatilda bo'lganlarida o'zlari individual tarzda mashg'ulotlar o'tkazib turishdi. Baribir murabbiy bilan birga jamoaviy mashg'ulot o'tkazish boshqa individual tarzda mashg'ulot o'tkazish boshqa. SHuning uchun ham birinchi kundagi mashg'ulotni engil mashqlar bilan boshladik. Ayni damda bir qancha futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Bir qarorga kelishdan oldin futbolchilarning nomlarini ayta olmayman. Superligada biror-bir jamoani boshqarish uchun bosh murabbiy "A" licenziyasiga ega bo'lishi kerak. 

Menda faqat "B" licenziyasi mavjud. "A" licenziyasini qo'lga kiritish uchun bir necha oy oldin o'qishga xujjatlarimni topshirib qo'ygan. Bilmayman nimagadur hozirgi kungacha o'qishga chaqirishmadi. Avgust oyida o'qish bo'lishini aytishdi. Lekin biroz vaqt o'tgach, o'qish sentyabr oyiga ko'chirilganini aytishdi. Hozirgi kungacha shuni kutib o'tiribman. Jamoada "A" licenziyasiga ega bo'lgan murabbiyimiz bor. Agarda men o'qishga ulgurolmasam, Eldor Sakaev bosh murabbiy bo'ladi. Men esa yordamchi murabbiy bo'lib ishlab turaman. Bu men uchun muammo emas. Ayni damda bir qator futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazayotganimiz haqida aytib o'tdim. Hozircha ikki nafar futbolchi bilan Iqbol Boboxonov va Otabek Isroilov bilan og'zaki kelishuvga erishdik. Hozirda jamoada hech qanday muammo yo'q", - deydi "Cementchi" bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov


Jamoada "A" licenziyasiga ega bo'lgan murabbiyimiz bor



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика