So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

Abdumalik Hakimov: Oliy ligaga chiqish borasida shoshilayotganimiz yo'q Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: Oliy ligaga chiqish borasida shoshilayotganimiz yo'q

Quvasoyning Cementchi jamoasi ortda qolgan mavsumni birinchi ligada o'tkazib, 4-o'rinni qo'lga kiritdi.

Bu esa mahalliy muxlislarni va jamoa rahbariyatini qoniqtirdi. CHunki bir necha yil xatto ikkinchi ligada ham ishtirok etmay yurgan jamoa joriy mavsumdan boshlab, yana birinchi ligaga qaytdi. Kuni-kecha jamoa tadbirida bo'lib, fursatdan foydalangan holda jamoa bosh murabbiyidan qisqacha intervyu oldik.

-O'ylaymanki bu yil jamoamizning ishtiroki yomon kechmadi. Lekin oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p. Bir joyda to'xtab qolmoqchi emasmiz. 4-o'rinni egallagan bo'lsakda, bu osonlikcha bo'lmaydi. CHempionat starti biz uchun muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Jamoa yangitdan shakllanayotgani boismi kutilgan o'yinni namoyish eta olmadik. CHempionat biz uchun qiyin kechdi. O'z vaqtida shaxsan o'zim ham birinchi ligada ishtirok etganman. Bunga ancha yillar bo'ldi. Oradan vaqt o'tib, ligada ko'p narsa o'zgarib ketganiga amin bo'ldim. Jumladan PFLning klublarga talabi ortgan. CHempionat tizimi ham o'zgargan.  



- Murabbiy sifatida professional futbolda debyut mavsumimni o'tkazdim. Menga mavsum davomida yaqindan yordam bergan Ilhom Zaylobiddinov ham bungacha birinchi ligada ishlab ko'rmagandi. SHu bois bizga qiyin bo'lishini bilardik va o'qib izlanishdan sira to'xtamayapmiz. Murabbiylik licenziyasiga o'qiganimizda bizning guruhga uchta instruktor bilim bergand edi. Islom Ahmedov, Usmon Toshev va Farhod Abdullaev. To'g'risi, bu bizga juda foydali bo'ldi deb o'ylayman. CHunki ularning har biridan o'zimiz uchun turlicha yangilik oldik. Instruktorlarning o'zlari ham bungacha sira bu kabi holat hech bir guruh bilan yuz bermaganini, bu borada omadli ekanligimizni aytib o'tishgan. Futbolchilik davrimda taniqli mutaxassislarning qo'li ostida o'ynadim. Yuriy Sarkisyan va Tohir Kapadze kabi insonlardan ko'p narsa o'rganganman. Bugungi kunda esa ulardan o'rganganlarim as qotmoqda. Hozirgacha tajribali insonlardan yo'l-yo'riq so'rab, bilmaganlarimni o'rganib bormoqdaman. So'rab o'rganishdan hech qachon uyalmaganman. Murabbiylikdagi debyutyilimdan so'ng o'ziga yarasha xulosalarni chiqarib oldim. Inson borki, xato qilmaslikdan kafolatlangan emas. Men ham yo'l qo'ygan xatolarimni boshqa takrorlamaaslikka xarakat qilaman.  

- CHempionat yakuniga etgach ishtirokimizni tahlil qilib chiqmoqdamiz. Bir qator o'yinlarimizni tasviri tushirilgan disklarni ko'rib, xato va kamchiliklarni o'rganib bordik. Endilikda kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.   



- Yangi mavsumga yanvar oyidan boshlab tayyorgarlik ko'ramiz. Bu borada rejalarni ishlab chiqqanmiz. Tabiiyki tarkibda ham o'zgarishlarga qo'luramiz. Ayrim futbolchilar bilan xayrlashishimizga to'g'ri keladi. Ko'z ostimizga olib qo'ygan yigitlarning kimlar ekanligini hozircha oshkor etmay turganim maqul deb bilaman. Transfer oynasida turli xil mish-mishlar bo'lishi shubhasiz. SHuning uchun jamoamizga yangi kelgan o'yinchilar bilan qachonki shartnoma imzolaymiz vashundan so'ng ommaga elon qilamiz.   

- Menimcha bu yil Quvasoy ahlini quvontira oldik deb o'ylayman. Endi kelasi mavsum ishqibozlarimiz bizdan yanada yuqori o'rinlarni kutadi. Ko'pchiligi oliy ligaga chiqishimizni istashi ham bor gap. Rahbariyat bizuchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Faqat ishlash kerak. Hozircha oliy ligaga chiqishga shoshilmayapmiz. CHunki elitaga yaqinni o'ylab chiqib olgach, keyinchalik qiyinchilikka duch kelish yarashmaydi. SHu bois oldin klub poydevorini mustahkamlab, so'ngra kuchlilar safiga chiqish haqida bosh qotirsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Klub rahbarlari ham bizning ushbu rejamizni tasdiqlab, har jihatdan qo'llab-quvvatlab kelayotanini alohida takidlab o'tmoqchiman. SHahrimiz hokimi futbolning ashaddiy ishqibozidir. Qolaversa klubimiz prezidenti ham jamoamizga jiddiy etibor qaratadi. Xatto safar uchrashuviga borib kelgach, qabulida bo'lamiz va bizdan o'yin borasida fikrlarimizni so'rab, qiziqadi. Bazida ishlarimizni o'zaro tahlil qilamiz va kamchiliklarni bartaraf etishga urinamiz. Tabiiyki bunday etibordan so'ng ishtiyoqimiz ham ortib boradi.


Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика