So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Abdumalik Hakimov: “Maqsadimiz oliy ligada ishtirok etish” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Maqsadimiz oliy ligada ishtirok etish”

Quvasoyning “Cementchi” klubi birinchi davrani 41 ochko bilan birinchi o'rinda yakunladi.

Quvasoyliklar chempionat yakunlanganidan so'ng, biroz hordiq chiqarish uchun Antaliya safariga borib kelishdi. Ushbu safar yakuniga etganidan so'ng biz jamoa bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov bilan bog'lanib ikkinchi davraga tayyorgarlik to'g'risida suhbatlashdik.

-  Bir necha kun oldin Turkiyaning Antaliya shahriga borib keldinglar. U erga yig'in o'tkazish uchun bordinglarmi yoki bo'lmasam shunchaki hordiq chiqarish uchunmi?

-  Yo'q, birinchi davra yakunlanganidan so'ng dam olib, hordiq chiqarish uchun Antaliyaga borib keldik. Biz antaliyada hech qanday yig'in o'tkazmadik. Klub rahbariyati birinchi davra g'olibi bo'lsak, jamoani rag'batlantirishini aytgandi. Birinchi davrana birinchi o'rin bilan yakunladik. Yakunda rahbariyat tomonidan Antaliya safariga borib, dam olib qaytdik. Kelguvsida xorijda yig'in o'tkazish uchun Antaliyani ko'zdan kechirib qaytdik. Keyingi safar xorijda yig'in o'tkazish rejada bor.

-  Eshitishimcha birinchi davrada g'olib bo'lganinglar uchun rahbariyat jamoa futbolchilarini rag'batlantirish uchun xorij yig'ini tashkil etgan ekan. Agarda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritsanglar, rahbariyat jamoadagi barcha futbolchilardan tortib murabbiylar shtabigacha rag'batlantirishini sizlarga aytganmi?

Albatta, agarda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritadigan bo'lsak yana bir marotaba xorij safariga chiqib kelamiz. Ayni damda Quvasoyda yig'in o'tkazyapmiz. O'zimiz ko'rgan va bilgan futbolchilarni yig'inga jalb qilganmiz. Barcha yaxshi bilsa kerak qishki va yozgi yig'inda futbolchilarni jamoaga qo'shib olsa bo'ladi. Qishki yig'inda bemalol yangi futbolchilarni ko'rib olsa bo'ladi. Yozgi yig'in qisqa bo'lgani uchun ko'z ostimga olib qo'ygan futbolchilarni jamoa yig'iniga taklif qildim.


-  Jamoa yig'iniga kimlar keldi yoki aksincha kimlarga javob berildi?

-  Jamoa yig'iniga 7-8 nafar futbolchi kelib qo'shildi. 10 nafar futbolchiga javob berdik. Klubni tark etganlar asosan boshlang'ich tarkib futbolchilari hisoblanadi. Umid Matmusaev va Oqil Mahmudovga javob berdik. Oliy liganing “Mashal” jamoasidan Umid Matmusaevga taklif tushgan edi. Unga hech qanday qarshilik bildirmasdan ruhsat berdik.

-  Oliy liga jamoalarida to'p tepgan futbolchilarni klubga taklif qildinglarmi?

-  Albatta,”Obod” jamoasi tarkibida to'p tepgan Sunnatilla Ermatovni taklif qilganmiz. Bundan tashqari “Mashal”, “Navbahor”, “Obod”, “SHo'rtan” va “Neftchi” jamoalarida to'p tepgan futbolchilarni yig'inga taklif qilganmiz. Hozircha qaysi futbolchilar ekanligini aytmay turaman. SHartnoma imzolaganimizdan so'ng futbolchilarni ismlarini oshkor qilaman.

-  “Cementchi” ikkinchi davrada o'z o'rnini boshqa jamoalarga berib qo'yishi mumkin, degan gaplar aylanib yuribdi. Bunga qanday izoh berasiz?

-  SHunga o'xshagan gaplarni men ham eshitdim. Biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz sari intilamiz. Hech qachon ortga qadam tashlamaymiz. Bizning maqsadimiz oliy ligaga chiqish. Kim qanday o'ylasa o'ylayversin. Hamma o'z fikriga ega.

-  Oldinda kimlar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish rejada bor?

-  O'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgan. Farg'onaning “Neftchi”, Namanganning “Navbahor” jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari birinchi liganing boshqa bir jamoasi, “Andijon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazish ham rejada bor. “Qo'qon-1912” jamoasi bilan ham nazorat uchrashuvini o'tkazamiz. Hozircha “Navbahor” jamoasi bilan aniq kelishib olmaganmiz, lekin “Neftchi” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishib olganmiz. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Muallif :
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика