So’nggi yangiliklar

16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  0 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  9 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1

Abdumalik Hakimov: "G'alabaning katta-kichigi bo'lmaydi" Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: "G'alabaning katta-kichigi bo'lmaydi"

O'zbekiston Kubogi doirasidagi "SHo'rtan" - "Neftchi" bahsidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida farg'onaliklarning katta murabbiyi Abdumalik Hakimov hamda SHukur Po'latovlar ishtirok etishdi

Abdumalik Hakimov: Birinchi o'rinda, ushbu g'alabani uzoq vaqtdan beri kutayotgan jamoamiz rahbariyati va farg'onalik sodiq muxlislarni tabriklayman! Yigitlarga katta rahmat! Bu g'alaba barchamizniki. Ochig'i g'alabani katta-kichigi bo'lmaydi. Sekin-asta barchasi ijobiy ko'rinish olmoqda. Iqtidorli hujumchi Murod Bobojonov jarohatdan tiklandi. SHu qatori yana boshqa futbolchilarimiz ham o'zlarining optimal formalariga kirib borishmoqda. Nasib qilsa, hali o'z muxlislarimizni bunday g'alabalar bilan ko'p xursand qilamiz

- Demak "Neftchi"ning hozirgi natijalari vaqtincha, to'g'rimi?

- Ha vaqtincha holat deb o'ylayman. Jamoa muvaffaqiyatlari uchun qo'limizdan kelgan barchasini amalga oshiramiz. O'yin tengkurashlar ostida kechdi. "SHo'rtan" - kuchli raqib ekanligini bilardik. G'uzorliklarga keyingi o'yinlarda omad tilayman

- "Neftchi" asosiy etiborini O'zbekiston Kubogiga qaratganmi yoki Superliga bahslariga?

- Xar bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. To'g'ri g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Joriy mavsumdan boshlab jamoalar o'rtasida raqobat yanada qizg'in ko'rinish oldi. Oson o'yin yo'q. SHu sabab xar bir jamoa o'yinlarga juda ham puxta va jiddiy hozirlik ko'rmoqda.



SHukurali Po'latov:  Uzoq kutilgan ilk g'alaba bilan jamoamizning ashaddiy muxlislarini tabriklayman. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat doim birga yuradi. Xabaringiz bor, mavsumga juda oz fursat qolganda  Superligada ishtirok etishimiz aniq bo'lib ulgurdi. Tayyorgarlikka esa oz vaqt qolgandi. SHu vaqt oralig'ida murabbiylar shtabi o'zlari istagandek selekciya va tayyorgarlik jarayonini olib borisha olmadi. Bu ham natijalarga o'z tasirini o'tkazmoqda. Omadsizlik vaqtincha deb o'ylayman. Hammasi yaxshi bo'ladi.

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика