So’nggi yangiliklar

23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  0 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  10 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  190 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  2 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  3 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  5 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  6 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  7 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  8 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  25

Abdumalik Hakimov: “Farg'onalik iqtidorlarni kashf etish niyatidamiz” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Farg'onalik iqtidorlarni kashf etish niyatidamiz”

O'zbekiston chempionati Birinchi liga etakchisi Quvasoyning “Cementchi” jamoasi o'z qarorgohida ikkinchi davraga xozirlanmoqda.

Kuni kecha “Ruxsor” telekanali ijodkorlari Quvasoydagi “Cementchi” klubining bazasiga tashrif buyurishdi va jamoa ustozi Abdumalik Hakimovdan intervyu olishdi.

-   Birinchi davradagi ishtirokimizni yomon baholamagan bo'lardim,-deb gap boshladi murabbiy. Lekin bizning rejalarimiz boshqacha edi. Afsuski, bazi uchrashuvlarda ochko yo'qotdik. Ayni paytda Samarqandning “Dinamo” jamoasi peshqadam bo'lib turibdi. Biroq ikkinchi davrada biz yana birinchi o'rinni qaytarishga harakat qilamiz.

-   Tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda ? Ko'rikda kimlar bor?
-   Ko'rib turganingizdek, tayyorgarlik jarayoni o'z qarorgohimizda davom etmoqda.  20 dan ortiq o'yinchilar ko'rikda bo'lib turishibdi. Ular ichidan eng yaxshilarini saralab “Cementchi”da olib qolishga harakat qilamiz.

-   Birinchi liga bahslarida Farg'ona viloyati sharafini himoya qilayotgan “Cementchi” hamda “Yozyovon-Lochinlari” jamoalari safida  ham Oliy liga saviyasidagi iqtidorlar bormi ?  
-   Albatta bor. Agar kuchlilar safidan o'yinchilarimizga takliflar bo'lsa, bundan faqat xursand bo'lamiz. Quvasoy va Yozyovonda bunday iqtidorlar juda ko'p. Faqat ular bilan ishlash kerak. Agar o'yinchi bosh murabbiyning futbol falsafalarini tushunib, jamoaga kirishib ketadigan bo'lsa, buning qiyin joyi yo'q.

-   Aytingchi, Birinchi liga etakchisi hisoblangan “Cementchi” klubi bilan “Neftchi” jamoasi o'rtasida futbolchilarni Oliy liga klubi safiga etishtirib berish borasida qandaydir tizim bormi?
-   Aslida bizning asosiy vazifalarimizdan biri iqtidorli futbolchilarni Farg'ona bosh jamoasi “Neftchi” klubiga etishtirib chiqarish hisoblanadi. Lekin u tarafdan taklif bo'lmasa, biz nima ham qilardik ? Faqat “Yozyovon-Lochinlari” klubidan “Neftchi” safiga o'yinchilar taklif qilganliklaridan xabarim bor. O'tgan yili ajoyib mavsum o'tkazib, to'purar bo'lgan Elyor Akbarovni “Neftchi”ga taklif etilishint juda kutgandik edi. Biroq amalda bunday bo'lmadi. SHundan so'ng uni Navoiyning “Qizilqum” jamoasi taklif qildi va Elyor taklifni qabul qilgan holda jamoasini o'zgartirdi. Yana bir bor takidlayman, asosiy vazifalarimizdan biri farg'onalik iqtidorlarni kashf etish hamda  “Neftchi”ga munosib nomzodlarni tarbiyalashdir.

-   Ochiq ayta olasizmi, Oliy ligaga chiqish maqsadi bormi ?
-   “Cementchi” Oliy ligaga chiqishga intilayotgan jamoadir. Biz hali endi shakllanayotgan jamoamiz. “Cementchi” futbol klubi tashkil topganiga endi 2 yil vaqt bo'ldi. Bu vaqt ichida bitta jamoani haqiqiy futbol klub maqomiga olib chiqish qiyin. Yaxshi bir jamoani tashkil qilish uchun kamida 3 yil vaqt kerak bo'ladi. Bizdan avvalgi “Cementchi” klubi 7 yilda Oliy liga yuzini ko'rgandi. Afsus, bu jamoa kuchlilar safida uzoq o'ynamadi. Lekin buning o'ziga yarasha sabablari bor.

-   Quvasoylik muxlislar haqidagi fikringizni tinglasak.  
-   Bu muxlislar haqidagi fikrlarim faqat ijobiy deb aytish mumkindir. Ko'p safar o'yinlarida muxlislik madaniyatiga amal qilmaydigan ishqibozlarni ko'raman. Lekin bizning muxlislarimiz chiroyli futbol tarafdori va ular bahs yakunlangach hamisha maydonda harakat qilgan xar ikkala jamoa vakillarini olqishlar kuzatib qo'yishadi. Albatta bu quvonarli holatdir, - dedi murabbiy “Ruxsor” telekanaliga bergan intervyusida.


Hojiakbar Jabborov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика