So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Abdumalik Abdullaev: "Qo'l ostida o'ynagan murabbiylarim orasida Baxtiyor Ashurmatov eng zo'ri" Yangiliklar

Abdumalik Abdullaev: "Qo'l ostida o'ynagan murabbiylarim orasida Baxtiyor Ashurmatov eng zo'ri"

Avval xabar berganimizdek, davralar oralig'ida tajribali hujumchi Abdumalik Abdullaev "G'ijduvon" klubi safiga qo'shildi.

Futbolchi ayni kunlarda jamoa bilan Birinchi liganing navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Saytimiz muxbiri Abdumalik Abdullaev bilan intervyu tashkil etdi.

- Abdumalik, siz aslida qaysi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz?


- Men o'zi asli Namangan shahrida tug'ilganman va "Navbahor" klubi tarbiyalanuvchisiman. Faoliyatimni aynan "Navbahor" o'rinbosarlari safida boshlaganman. Birinchi murabbiyim Lyan Aleksandr Nikolaevich hisoblanadi.

- Hozirda Buxoro viloyatining "G'ijduvon" klubi safiga qo'shildingiz. Jamoa oldidagi rejalar qanday?

- Davralar oralig'ida "G'ijduvon" klubidan chorlov bo'ldi va jamoa tarkibiga qo'shildim. Klub rahbariyati futbol o'ynash uchun bizga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Bugunga qadar 4 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik, 3 ta g'alaba va 1 mag'lubiyat. Mavsumning qolgan qismiga jiddiy tayyorlanayapmiz, jamoa oldiga Birinchi liga g'olibligini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

- Siz hujumchi ampulasida o'ynaysiz, milliy chempionatlarimizda ilk urgan golingizni xotirlaysizmi?

- "Navbahor" o'rinbosarlari safida o'ynab keyinchalik Oliy ligada debyut qilgandim. Birinchi golim aynan debyut o'yinimda bo'lgan, o'shanda "Navbahor" safida "Lokomotiv" darvozasiga to'p kiritgandim.

- Bugunga qadar ko'plab murabbiylar qo'l ostida o'ynagansiz. Ular orasida qaysi murabbiy sizda eng yaxshi taassurot qoldirgan?


- Qo'l ostida o'ynagan murabbiylarim orasida hozirgi kunda "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov menda iliq taasurot qoldirgan. Baxtiyor aka men uchun eng zo'r murabbiy hisoblanadi. U kishi bilan "Navbahor"da ham birga ishlaganmiz. SHuningdek AGMK jamoasi safida, aynan Ashurmatov qo'l ostida O'zbekiston kubogini yutganmiz.

- Hozirga qadar milliy chempionatlarimizda urgan gollaringiz soni nechta?


- Quyi ligalarda ko'plab gollar urib kelmoqdaman. Oliy ligada urgan gollarim soni unchalik ko'p bo'lmagan, 10 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilganman.

- AGMK safida tajribali yarim himoyachi Jasur Hasanov bilan o'ynagansiz. Siz ham Hasanov kabi tezkor futbolchi hisoblanasiz. Aytingchi, bu jamoa uchun qanchalik naf keltirgan?


- Jasur aka juda kuchli va tezkor futbolchi hisoblanadi. U kishi bilan birga o'tkazgan o'yinlarimiz jamoamiz uchun foydali chiqqan deb ayta olaman. Hozirda "G'ijduvon" safida aynan Jasur Hasanov o'ynaydigan nuqtada o'zimni sinab ko'rayapman.

- Superligada qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?


- Albatta "Navbahor", birinchi o'ynagan klubim va o'zim tug'ilgan viloyat bosh jamoasi hisoblanadi.

- Xorij chempionatlaridachi?


- Xorijda "Real Madrid" klubining ashaddiy muxlisiman. Bu jamoa ishtirokidagi o'yinlarni qoldirmay kuzatib boraman.

- Hozirda O'zbekistonning eng kuchli futbolchisi kim deb hisoblaysiz?


- Eldor SHomurodov.

- Dunyo bo'yichachi?


- Krishtianu Ronaldu.

- Muxlislarga tilaklaringiz qanday? Fursatdan foydalanib ularga dil izhorlaringizni yo'llashingiz mumkin...

- Menda muxlislari iliq taasurot klublar soni 3 ta. "Navbahor", "Andijon" va "Dinamo" jamoalarida o'ynaganimda stadionda hamisha muxlislar bilan to'la atmosfera bo'lardi. Barcha o'zbek futbol muxlislarini yaxshi ko'raman va ularga eng ezgu tilaklarni yo'llagan bo'lardim, hamisha sog'-salomat bo'lishsin.



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика