Abdulloh Olimov: "G'alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo'q edi"
22 apr 2018 13:59
Yangiliklar
Abdulloh Olimov: "G'alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo'q edi"
"Bilasizmi biz PRO-liganing 1-turida safarda "Andijon"ga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchragandik. O'sha o'yindan keyin jamoamiz muxlislari tushkun kayfiyatda edilar.
Keyin o'z maydonimizda "Norin"ni va kubok doirasida "Istiqlol"ni mag'lub etdik. Samarqandda mag'lub bo'lishimizga aslo haqqimiz yo'q edi. CHunki muxlislarimiz bizni Superligaga chiqishimizni qattiq xohlashadi. Ularni bizning har bir mag'lubiyatimiz juda tushkunlikka tushirib qo'yadi. Samarqandda "Dinamo" bilan o'yinda Hujumlarimizdan biri samarali yakunlandi. Kichik hisobda bo'lsada g'alaba qozondik. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Superligaga chiqishni uddalaymiz, shunga umid qilamiz. Samarqandda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Bu g'alabani ularga bag'ishlaymiz," - deydi Abdulloh Olimov.
Dilshod Safarov yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar