So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Abdulla Abdullaev: “Raqib zich himoyalangani vaziyatlarimiz kam bo'lishiga xizmat qildi” Yangiliklar

Abdulla Abdullaev: “Raqib zich himoyalangani vaziyatlarimiz kam bo'lishiga xizmat qildi”

OFK Elit CHempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor” - “Al-Vasl” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Abdulla Abdullaev miks-zonada o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Dastlabki turdagi mag'lubiyat alamli bo'ldi. Raqib jamoada ikkinchi bo'limda birgina vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. “Al Vasl” burchak to'pidan so'ng darvozamizni ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Hujumlarimiz kamroq bo'lsa ham biz bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak edi. Bu o'yin tarixda qoldi, endi navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikka kirishamiz.

- O'yin davomida “Paxtakor”da vaziyatlarning kam bo'lgani nima bilan bog'liq?

- Raqib zich himoyalandi. SHu boisdan ham yorib o'tish qiyin bo'ldi. Biz oxirigacha harakat qildik, lekin bugun gol urish nasib qilmagan ekan. O'yindan o'yinga kamchiliklarimizni to'g'rilab, yanada kuchayib boramiz.

- “Nasaf” Superligada ochkolar jihatidan ilgarilab ketdi. Endilikda “Paxtakor”ning maqsadi Elit CHempionlar ligasiga qaratiladimi?

- Yo'q, biz oxirigacha harakat qilamiz. Birinchi o'rin uchun qiyin, biroq bizning “Paxtakor” degan nomimiz bor. SHunday ekan, o'z nomimizga yarasha Superligani ham tashlab qo'ymaymiz. Natija uchun oxirigacha kurashamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика