Abdulaziz Jo'raboev: "Astoydil harakat qilsakda, omad kelmayapti"
23 okt 2018 21:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/432000_original.jpg)
![](/upload/storage/432000_220.jpg)
Abdulaziz Jo'raboev: "Astoydil harakat qilsakda, omad kelmayapti"
Pro-Liga 31-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari"-"Nurafshon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Abdulaziz Jo'raboev championat.asia saytiga intervyu berdi.
Bugungi uchrashuvda jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin bugun g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish niyatida edik. Lekin astoydil harakat qilsak ham uchrashuvlarda bizga omad etishmayapti. Biz oldingidek o'ynay olmayapmiz. Meni fikrimcha jamoamizdagi yigitlar yoki charchagan yoki ketma-ket mag'lubiyatlar ularning o'zlariga bo'lgan ishonchi yo'qolib qoldi.
Biz qo'limizni ko'tarmaymiz, astoydil harakat qilamiz. Eng muhimi bizda umid bor, nasib qilsa kelasi uchrashuvlarda g'alaba qozonamiz.
Bekzod Tolibov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar