Abdulaziz Jo'raboev: "Maqsadimiz A Pro-liga va Superligaga chiqish"

Narzulla Saydullayev
4 avg 2019, 13:48
Birinchi davrani B Pro-ligada Navoiyning "Ittifoq" jamoasida o'tkazgan istedodli futbolchi Abdulaziz Jo'raboev ikkinchi davrani "Turon" klubida o'tkazadigan bo'ldi.

Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi. Biz Abdulaziz Jo'raboev bilan qisqa suhbat uyushtirdik.

- "Turon" klubiga xush kelibsiz! Bu jamoaga kelishingizga nima yoki kim sababchi bo'ldi?
- "Turon"ga Islom Ismoilov va klub prezidenti taklif etishdi va sharoitlarni aytishdi. Bu taklif menga maqul kelgani uchun jamoaga keldim.

- Jamoa qanday ekan?
- "Turon" jamoasi juda a'lo darajada ekan, men o'ylagandan ham yuqori darajada shakllangan, jamoaning ichki muhiti ham juda yaxshi ekan, futbolchilar juda quvnoq, mashg'ulotlarda juda ham quvnoq va o'zlarining ustida ishlaydilar. Menga "Turon" jamoasi juda ham yoqdi.

- Kelajakdagi rejalar va orzularingiz bilan bo'lishsangiz.
- Jamoa oldiga kelgusida A Pro-liga va Superligaga chiqish maqsadi qo'yilgan, shunga jamoamiz astoydil kurashmoqda va men "Turon" jamoasiga kelganimdan juda xursandman.

Abdulaziz Abduvohidov suhbatlashdi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia