So’nggi yangiliklar

17:09"Айнтрахт" "Ман Сити" учун Мармушнинг нархини белгилади  0 16:38Эшитдик-да! "Ланс" марказий ҳимоячисини 20 миллион еврога сотишни хоҳламоқда  5 16:03Де Брюйненинг кейинги манзили маълум  3 15:20Неймар: "Месси ва Суарес билан учлигимизни тикласак, ёмон бўлмасди"  2 14:46Артета: "Кубокда ўйналаётган тўплар АПЛникидан кескин фарқ қилади"  4 13:31Расман: "Вест Хэм" "Реал" собиқ мураббийининг ўрнига "Челси" собиқ устози билан шартнома имзолади  4 13:12Гарначо фаолиятини ПСЖда давом эттириши мумкин  3 12:35Эшитдик-да! "Бунёдкор"га Туркия Суперлигасидан ҳужумчи келмоқда   8 12:14"Барселона" футболчиси: "Винисиуснинг четлатилиши — адолатсизлик"  8 11:53Мусиала "Бавария"да қолиш учун йиллик 4-5 млн евро даромадидан воз кечди  1 11:28"Наполи" "Челси" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 10:37Суперлигада ўйнаши кутилаётган «Хоразм»нинг йиғинида бир қатор тажрибали футболчилар иштирок этмоқда  5 09:43«Ливерпуль» Трент Александер-Арнольднинг ўрнига бошқа бир ТОП футболчи билан шартнома тузмоқчи  3 09:04Расман: «Қўқон-1912» жамоаси тарбияланувчисини ортга қайтарди  3 08:39«Олтин тўп» соҳиби Саудия Арабистони клубида иш бошлади  2

Abdulatif Abduqodirov: "Andijon"da qolish-qolmasligim shu kunlarda aniq bo'ladi" Yangiliklar

Abdulatif Abduqodirov: "Andijon"da qolish-qolmasligim shu kunlarda aniq bo'ladi"

Birinchi ligada to'purarlik mahoratini namoyish etgan Abdulatif Abduqodirov yana faoliyatini oliy ligada o'tkazishga yaqin turibdi.
O'z vaqtida Toshkentning "Lokomotiv" klubida elitada o'ynagan futbolchi oxirgi yillarda "NBU-Osiyo" sharafini himoya etib kelayotgandi. Joriy mavsumning birinchi qismida "bankirlar" safida maydonga tushib, 21ta golga mualliflik qilgan hujumchi "Andijon" klubida qiziqish uyg'otdi. SHu bois 27 yoshli hujumchi "burgutlar"ning Toshkentda o'tkazayotgan yig'inida ishtirok etmoqda. Yaqinda Abduqodirov bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik.

- Yil boshida, "SHo'rtan"dan taklif tushgandi. SHu bois qishki yig'inlar chog'ida, g'uzorliklar bilan mashg'ulot o'tkazdim. Lekin chempionat starti oldidan "NBU-Osiyo"ning sobiq bosh murabbiyi Jafar aka Irismetov meni o'z klubida ko'rishni istayotganini, agarda maqul kelsa yana "NBU-Osiyo"ga qaytishim kerakligini aytdi. SHundan keyin yana ortga qaytib keldim", - deya gap boshladi Abdulatif Abduqodirov.  
"Bankirlar" safiga qaytganimdan afsuslanmayman. Aksincha bu erda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim, va bir nechta gollar urishga erishdim.

- Birinchi bosqichda 21ta gol urib, "sharq" mintaqasida to'purarlik qildingiz. Aytingchi o'zingiz bundan qoniqdingizmi yoki gollaringiz miqdori yanada ko'proq bo'lishi ham mumkinmidi?
- To'purar bo'lganimdan xursandman. Lekin bundan ham ko'proq gol urishim mumkin edi. CHunki vaziyatlar mo'l bo'ldi. Lekin ko'p xollarda to'p darvozaga kirishni istamadi. Bunday natija qayd etishimda, jamoadoshlarimning hissasi katta bo'ldi deb o'ylayman. Leonid Koshelev, Abdumajid Toirov, Aleksey Nikolaev, Aleksandr Xvostunov... Aynan ularning qo'llab-quvvatlashi natijasida shunday natija qayd etdim.

- Ayni damda "Andijon" yig'inida ishtirok etmoqdasiz. Yangi jamoa sizda qanday taassurot qoldirmoqda?
- Yomon emas. Yigitlar yaxshi qabul qildi va hamma bir-biri bilan ahil-inoq. Mashg'ulotlar yuqori darajada o'tkazilmoqda. Sergey SHevchenkoning tajribasi katta ekanligi bilinib turibdi.

- Jamoada qolish imkoniyatingizni qanday baholaysiz?
- Bu borada sizga hozir aniq gap aytishim qiyin. Buni bosh murabbiy hal qiladi. Agarda kelisha olsak, ikkinchi davrani "Andijon"da o'tkazaman. Aks xolda...

- Oldingizda boshqa variantlar ham bormi?

- Ha, oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan "Qo'qon-1912" ham taklif bilan chiqqan. Keyingi taqdirim qanday kechishi, ushbu hafta so'nggida aniq bo'lib qolsa kerak.

- "NBU-Osiyo" rahbariyati ketishingizga qarshilik qilmadimi?

- Yo'q, rahbariyat bilan mavsum avvalida gaplashganimizda, agarda oliy liga vakilidan taklif bo'lsa, ketishimga ruhsat berishini aytgandi. Bu borada muammo bo'lmaydi.

- Sergey SHevchenko bilan alohida suhbatlashish imkoni bo'ldimi?

- Yo'q, bosh murabbiy bilan ko'p vaqt ham suhbatlashmadik. Asosan klubga kelganimda, ozgina gaplashdik va mashg'ulotlar jarayonida ham o'zini qiziqtirgan savollarni berib turadi. SHu tariqa qisqacha gaplashib turibmiz. Bafurja suhbatlashish imkoni ham tug'ilib qolar.

- Agarda "Andijon" bilan kelisha olsangiz, bu sizning yana oliy ligaga qaytishingiz bo'ladi. To'g'rimi?
- Ha, oldin "Lokomotiv"da ham bir necha mavsum o'ynagandim. Elitada yana o'ynashga bemalol kuchim etadi va bunga tayyorman.


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика