So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Abdujamol Isroilov: "Neftchi"ga qaytgan bo'lsamda, "Dinamo"dan minnatdorman" Yangiliklar

Abdujamol Isroilov: "Neftchi"ga qaytgan bo'lsamda, "Dinamo"dan minnatdorman"

Teglar :  Abdujamol Isroilov
Oliy Liga bahslari boshlanmasidan oldin Dinamo safiga Neftchidan ijara asosida qo'shilgan farg'onalik Abdujamol Isroilov jamoada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilardan biri sifatida muxlislar etiboriga tushdi.

qinda Samarqanddan yana Farg'onaga qaytgan 21 yoshli futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Abdujamol, ikkinchi davra oldidan Neftchiga qaytdingiz. Yarim mavsum Dinamoda to'p surib, qanday taassurotlar qoldi?

- Taassurotlarim albatta yaxshi. Aynan Samarqandda futbolchi sifatida ilk bor Oliy Liga o'yinlarida maydonga tushdim. Dinamo menga bunday imkoniyatni bergani uchun bir umr minnatdorman. Samarqandda jamoamiz bir oilaga aylangandi. Futbolchilar va murabbiylar shtabi ham o'z ishini ustalari edi. Qolaversa, Samarqand shahri ham menga juda yoqdi. Bu shaharga o'rganib qolgandim. Qisqa qilib aytganda, Samarqand mening ikkinchi uyimga aylanib qoladi. Dinamo ham doim yuragimda qoladi.

- Yil boshida Dinamoga kim taklif etgandi?

- Neftchida yig'inda ishtirok etib, hali asosiy tarkibga kira olmagandim. O'tgan yili o'rinbosarlar safida to'p surgandim. SHunga qaramay, yil boshida Ilhom aka SHaripov meni Neftchidan ijaraga olib, Oliy Ligada debyut qilishimga sabab bo'ldi. Hamma o'yinlarda menga ishonch bildirib, asosiy tarkibga tushirdi. SHunga yarasha men ham barchani ishonchini oqlash uchun intildim. Ilhom aka SHaripov yoshlarga ishonch bildirishdan qo'rqmaydi. Tajribasiz bo'lsamda menga ishonch bildirdi. Natijada O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga ham chaqirildim. Qolaversa, samarqandlik futbol muxlislariga ham minnatdorchilik bildiraman. Ularni qo'llab-quvvatlashi o'zimga bo'lgan ishonchni orttirdi. Neftchiga qaytayotgan bo'lsamda, Dinamo ham doim qalbimda qoladi, bu jamoadan minnatdorman.

- Neftchiga sizni Vadim Abramov taklif etdimi?

- Yo'q, to'g'risi aytsam, klub raisi Tohir aka Kopadze va sport direktorii SHerzod Raimjonovlar taklif etishdi. Hozirgi paytda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida BAAda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayapmiz. 20 iyuldan keyin Neftchi ixtiyoriga qaytaman. Vadim Abramov boshchiligida tajribali futbolchilar yig'ilmoqda. Umid qilamanki, ikkinchi davrada Neftchi safida yaxshi o'yinlarimiz bilan Farg'ona ahlini xursand eta olamiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика