So’nggi yangiliklar

17:25"Тоттенхэм" МЮ футболчисига қизиқиб қолди  0 16:58Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойдаги турнирда қатнашади  2 16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  2 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  5 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  6 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  18 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3

Abdujalilov va Abdullaevni o'z safiga qo'shib olgan "Navbahor" ikkinchi liga klubini mag'lub etdi Yangiliklar

Abdujalilov va Abdullaevni o'z safiga qo'shib olgan "Navbahor" ikkinchi liga klubini mag'lub etdi

Teglar :  NavbahorOq-tepa
Bugun "Oq-tepa" stadionida "Navbahor" - "Oq-tepa" jamoalari o'rtasidagi nazorat o'yini yakunlandi.

Uchrashuvda "Navbahor" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi bo'lim boshlarida Dilshod SHarofetdinov Azizbek Turg'unboevning to'p oshirishidan keyin bir himoyachini aldab darvozaning olis burchagini nishonga olib hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida esa "Oq-tepa" futbolchilari hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqishdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlarida Azamat Allaniyozov "lochinlar"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Keyinchalik Jahongir Mehmonov ham o'z hisobiga gol yozib qo'yishga erishdi. Aynan shu hisob bahs yakuniga qadar o'zgarmadi.

Mazkur uchrashuvda murabbiylarimiz ikki nafar yangi futbolchini ko'rikdan o'tkazganliklarini aytib o'tish joiz. O'tgan mavsumda “Neftchi” darvozasini qo'riqlagan Abdumavlon Abdujalilov va mavsum ikkinchi yarmida “Obod” safiga qo'shilgan Ibrohim Abdullaevlar shular jumlasidandir. Ushbu futbolchilar mashg'ulotlar va nazorat o'yinlarida o'zlarini ko'rsata olishsa “Navbahor” jamoasiga o'tishlari mumkin bo'ladi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Abdumavlon Abdujalilov, Mirzohid G'ofurov, Jahongir Mehmonov, Ibrohim Abdullaev, Avazbek Mamatxo'jaev, Azizbek Turg'unboev, Oston O'runov, Dilshod SHarofiddinov, Zohir Pirimov, Azam Aliev, Azamat Allaniyozov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxanov, Ilhom Boydedaev, Ravshan Xursanov, Ravshan Do'stmatov.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика