Abbosbek Fayzullaev qaysi chempionatda o'ynash istagi borligini malum qildi
01 iyu 2024 08:47
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev qaysi chempionatda o'ynash istagi borligini malum qildi
Matchtv nashri CSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaevdan intervyu oldi.
Intervyu davomida hamyurtimiz La Ligada o'ynash maqsadi ekanligini malum qildi.
«Evropaning top klublarida o'ynash orzusi bor. Hali bunga bor. Hozirda meni CSKA bilan shartnomam bor. Men jamoamni hurmat qilaman. Menga Ispaniya chempionati yoqadi. Sababi ularning texnikasi ancha yuqori», — dedi Abbosbek.
Abbosbek Fayzullaev Rossiyadagi ilk mavsumida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 11 ta golli uzatma bor. 20 yoshli futbolchining CSKA bilan 2026 yilga qadar mo'ljallagan shartnomasi bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar