

Intervyu davomida hamyurtimiz La Ligada o'ynash maqsadi ekanligini ma'lum qildi.
Yevropaning top klublarida o'ynash orzusi bor. Hali bunga bor. Hozirda meni SSKA bilan shartnomam bor. Men jamoamni hurmat qilaman. Menga Ispaniya chempionati yoqadi. Sababi ularning texnikasi ancha yuqori, - dedi Abbosbek.
Abbosbek Fayzullaev Rossiyadagi ilk mavsumida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 11 ta golli uzatma bor. 20 yoshli futbolchining SSKA bilan 2026 yilga qadar mo'ljallagan shartnomasi bor.



