Abbosbek Fayzullayev - Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
29 okt 2024, 17:23
Ayni damda Seul shahrida OFK yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimini o'tkazmoqda.

O'zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun quvonarlisi, terma jamoamiz a'zosi Abbosbek Fayzullayev qitaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi!

Ma'lumot uchun, ushbu sovrin uchun Abbosbek Fayzullayevdan tashqari Gaku Nakavata (Yaponiya) va Bae Jun Xo (Janubiy Koreya, "Stok Siti") nomzodlar qatorida ko'rsatilgandi.

Eslatib o'tamiz, Fayzullayev ushbu mavsum Qatarda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo Kubogi va Olimpiadada ishtirok etdi. Bundan tashqari vinger O'zbekiston terma jamoasi safida hamda Moskvaning SSKA jamoasi tarkibida muxlislarni o'yinlari bilan xushnud etdi.

O'z navbatida biz "Championat.asia" tahririyati va o'quvchilari nomidan Abbosbekni tabriklab, keyingi faoliyatida yutuqlar tilab qolamiz!


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia