Abbosbek Fayzullaev CSKAdagi asosiy muammo haqida gapirdi
29 avg 2024 11:56
Yangiliklar


Abbosbek Fayzullaev CSKAdagi asosiy muammo haqida gapirdi
CSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev armiyachilarning asosiy muammolaridan biri haqida fikr bildirdi.
Abbosbek CSKA har o'yinda etarlicha vaziyat yaratayotganiga, ammo golli imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida ishlash zarurligiga urg'u berdi.
"Muhimi, CSKA deyarli har bir uchrashuvda etarlicha vaziyatlar yarata olyapti. Vaziyatlardan foydalanish esa boshqa masala va biz bu borada ishlayapmiz. Umid qilamanki, yaqin orada bu muammodan qutulamiz", — deya Abbosbek so'zlaridan iqtibos keltirdi "Bobsoccer".
Oltinchi turdan keyin CSKA 10 ochko bilan Rossiya chempionatida 6-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
09:30
Sofascore. Kechagi uchrashuvda Abbosbek Fayzullaevning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 2
20:35
RPL. CSKA mehmonda "Axmat" bilan durang o'ynadi, Fayzullaev to'liq o'ynadi va ogohlantirildi 7
09:54
Abbosbek Fayzullaev o'zaro o'yinda O'zbekiston Rossiyani mag'lub etadimi degan savolga javob berdi 24

Fikrlar