So’nggi yangiliklar

14:16Нидерландиялик ёш иқтидор эгасига "Челси" ва "Тоттенхэм" даъвогарлик қилмоқда  0 13:40"Ньюкасл" Португалия терма жамоаси ярим ҳимоячисини АПЛга қайтармоқчи  0 13:12"Нефтчи" меҳмонда "Шўртан"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:36"Қўқон-1912" сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:18Варди - А Сериядаги илк голи ҳақида: "Бахтдан еттинчи осмондаман!"  0 10:48"Бавария" топ-5 лига клублар орасида тарихдаги энг яхши натижани қайд этди   24 10:15Бруну Фернандеш: "Криштиану билан вазият, Саудия Арабистони ва бошқа ҳамма нарса ҳақида гаплашдим"  5 09:44Роналду қандай қилиб, 40 ёшда ҳам яхши спорт формасини ушлаб тургани ҳақида гапирди  5 09:1538 ёшли Жейми Варди А Серияда дебют голини урди  2 09:12"Реал Мадрид" ва "Барселона". Эҳтимолий таркиблар ва бугун жамоага ёрдам бера олмайдиган футболчилар билан танишинг  14 08:46"Манчестер Юнайтед" афсонаси АПЛ шон-шуҳрат залидан жой олди  1 08:15Суперлига. Бугун Олмалиқда турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  15 07:48Бугун "Эл Классико"! "Реал" ва "Барселона"нинг бугунги учрашув қайдномаси билан танишинг  19 06:55Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 2:0  0 02:14АПЛ. "Брентфорд" ва "Ливерпуль" ўртасидаги шиддатли баҳсда дарвозаларга 5 та тўп киритилди  16

Abbos G'ulomov: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar aldamchi ekanligini chempionat davomida isbotlashga harakat qilamiz " Yangiliklar

Abbos G'ulomov: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar aldamchi ekanligini chempionat davomida isbotlashga harakat qilamiz "

Namanganning "Navbahor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni o'z qarorgohida davom ettirmoqda.

Biz esa Turkiya yig'ini, jamoadagi ichki muhit va boshqa savollar bilan Abbos G'ulomovga yuzlandik. 

- Dastlab, Turkiya yig'ini haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Turkiya yig'ini ko'ngildagidek o'tdi. Biz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov va klub vice-prezidenti Otabek Samatovga minnatdorchilik bildiraman. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalarning aldamchi ekanligini chempionat davomida isbotlashga harakat qilamiz. Turkiyadagi o'rtoqlik o'yinlarida kamchiliklar ustida ishladik. Juda yaxshi bilasiz, muxlislarimiz jamoamizdan har qanday o'yinda faqat g'alaba kutishadi va o'zlarining munosabatlarini bildirishadi. SHu bois ham "Navbahor"da bosim yuqori. Buni engib o'tish hammaga ham emas.

- Xorij yig'inida ichki muhit qanday bo'ldi? O'yinlarda futbolchilar o'zaro kelisha olmagan, raqib o'yinchilari bilan urishib ketgan holatlar guvohiga aylandik. SHu bois, ko'pchilikda ichki muhitda muammo bor degan fikr yuzaga keldi...

- Ichki muhit ajoyib. Bilmadim, ko'pchilik shu qabilidagi gaplarni aytyapti. Lekin, bari mish-mish. Jamoamizda nimadir bo'lsa, insonlar bo'rttirib gapirishga odatlanishgan. Barcha futbolchilar doimgidek ahil. Maydonda o'zaro kelishmovchiliklar bo'lgani yo'q. To'g'ri, raqib futbolchilari bilan tortishib ketdik. Biz bir oilamiz. Aka yoki ukamizga kimdir haddan tashqari qo'pollik ishlatsa, biz uning yonini olamiz, himoya qilamiz. Bu ichki muhitning yomonligini bildirmaydi. 

- "Navbahor"da Andrey Kanchelskis davridan biror narsa saqlanib qolindimi? No'mon Hasanovning falsafasi va uslubiga o'rganish qanday ketmoqda?

- Andrey Kanchelskis davridan ajoyib xotiralar qolgan. Boisi, aynan shu murabbiy boshqaruvida Superligada debyutimni o'tkazdim va asosiy tarkibga kirdim. Fursatdan foydalanib Andrey Antanasovichga katta rahmat aytib qolaman. Hech qaysi murabbiy davrida bunchalik ishonch bilan o'ynamaganman. Kanchelskis bergan ishonchni boshqa hech kimda his qilmaganman. No'mon Hasanovning falsafasi boshqacha. Sekin-asta ko'nikib bormoqdamiz. Turkiya yig'ini shu tomonlama ham foydali bo'ldi, deya olaman.

- Superligada debyut qilgan ilk yilingiz ajoyib chiqqan edi. Hattoki, olimpiya terma jamoasiga ham jalb qilingan edingiz. Lekin, nima uchundir keyinchalik o'yiningizda pasayish yuzaga keldi...

- To'g'ri, debyut mavsumim yomon chiqmagandi. To'g'ri aytdingiz olimpiya terma jamoasiga ham taklif qilindim. Keyingi murabbiy davrida kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. So'ng jarohat oldim. O'tgan mavsumni boshida ham yaxshi to'p tepdim, desam mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan o'rin egalladim. SHu orada koronavirus bilan kasallandim. Mavsum o'rtasida murabbiy o'zgardi. Yakunda o'yin amaliyot kam berildi. O'yinimdagi pasayishning sabablari shulardir. Mening yoshimdagilarga eng keraklisi o'yin amaliyoti, deb o'ylayman.

- Avvalgi ikki mavsumda natijalar yaxshi ko'rinish olmagani sabab bu yil jamoadan nima kutish mumkin?

- "Navbahor" ishqibozlari doim yuqori o'rinlarni egallashimizni kutishadi. SHunga yarasha, biz ham ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

- Qura haqida nima deya olasiz? "Navbahor" uchun qiyin keldimi? 

- Quradan ko'nglimiz to'ldi. Grand jamoa bilanmi yoki autsayderga qarshimi bizga farqi yo'q, faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Birinchi turdan o'rin olgan "So'g'diyona" bilan o'yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Barchamiz futbolni sog'inganmiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.




Reklama






Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика