So’nggi yangiliklar

00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 3:0 (матнли трансляция)  96 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  129 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10

Abbos G'ulomov: "Navbahor"ning maqsadlari o'zgarmaydi. CHempionlik va OCHLga yo'llanma olish" Yangiliklar

Abbos G'ulomov: "Navbahor"ning maqsadlari o'zgarmaydi. CHempionlik va OCHLga yo'llanma olish"

Superliga bahslari start olishiga tobora oz vaqt qolmoqda. SHu sababdan hozirda barcha ishtirokchi jamoalar tayyorgarlik va mashg'ulotlarga kuch berishmoqda.

CHunki, mavsum hali uzoq, belgilangan maqsad yo'lida ko'proq ochkolar ishlash kerak. Hususan, o'tgan yili turnir jadvalida to'qqizinchi pog'onanai egallab, o'z muxlislarini tabini hira qilgan “Navbahor” jamoasi Turkiyaning Belek shahrida yig'inni davom ettirmoqda. Kuchli raqiblar bilan nazorat uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Sir emasi bosh murabbiy Andrey Kanchelskis oldiga yuqori o'rinlarni zabt etish vazifasi qo'yilgan. Buni biz bilan suhbatda bo'lgan iqtidorli o'yinchi Abbos G'ulomov ham tasdiqladi.

“Turkiyada yig'in qizg'in ruhda davom etmoqda. Bari shunchaki ajoyib. Jamoa uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tarkibimizga bir qator legionerlar va mahalliy futbolchilar qo'shilgan. Buning uchun Xayrullar Hayitbaevich Bozorovga minnatdorchilik bildirib qolaman. SHuningdek Oybek Samatovga ham. O'rtoqlik uchrashuvlari foydadan holi bo'lmayapti”, -deya gap boshladi Abbos G'ulomov.

- Ketma-ket ikkinchi yil mavsumni Toshkentda boshlayapsizlar. O'tgan yili TTYMI stadionida “Qo'qon-1912” bilan o'ynagan edilar. Bu yil esa “Paxtakor”ga qarshi. Umuman qura haqida fikringiz qanday?

- Biz ham bu erda qura natijalari bilan tanishdik, ko'rib chiqdik. Birinchi turdayoq qiziqarli to'qnashuv. Bu bizni yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'rishga, mashg'ulotlarda qattiqroq ishlashga undaydi. Raqib maydonida g'alaba qozonib maqsadimiz sari ilk qadamni tashlamaoqchimiz. O'tgan yili 2-2 hisobida durang o'ynagan edik. Jamoamizdan barcha muxlislarimiz g'alaba kutishadi. Quradan keyin ham ijtimoyi tarmoqlar orqali xabarlar yozishmoqda. Ularni ishonchini oqlagan holda, maydonga faqat g'alaba ilinjida tushamiz. Maqsadlarimiz ulkan. Ularni bosqichma bosqchi amalga oshirib boramiz.



- Joriy yilda “Paxtakor” haqiqatdan ham boshqa klublardan bir bosh ustun.SHunday ekan poytaxt jamoasiga yana qaysi jamoalar jiddiy qarshilik ko'rsatishi mumkin?

- To'g'ri, “sherlar” nazariy jihatdan favorit hisoblanyapti. Ammo, qolganlar ham qarab turmaydi. Imkoniyat barchada teng. Superligadagi jamoalar hammasi yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Mavsum boshidan bir jamoani alohida ajratib ko'rsatish noto'g'ri bo'ladi. O'tgan mavsumdagi xatolarimizdan xulosa chiqardik. Aynan xatolar hisobiga tajriba va malaka to'planadi. Gohida buning foydali tomoni ham bor. Mag'lubiyatli uchrashuvlarda xatolar ko'proq ko'zga tashlanadi.

- Ko'ryapmizki, tayyorgarlik va mashg'ulotlar risoladagidek ketmoqda. Avvalgi yilda “Navbahor” uy stadioni qayta tamirdan chiqdi. Maydon maysasi ajoyib ko'rinishga keldi. Demak, endilikda jamoa faqat sovrinli o'rinlarni egallashni maqsad qilishi aniq...

- Albatta, aslida oldingi mavsumda OCHLga yo'llanma olishni maqsad qilgandik. Bu yil ham vazifalarimiz o'zgarmaydi, chempionlik va xalqaro maydonga chiqish. Har bir uchrashuvda stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarga shodlik ulashishni istaymiz. O'zimni maqsadlarimga kelsak, jamoaga qo'limdan kelgancha foyda keltirish, gol urish va milliy jamoadan taklif olish. Buning uchun qo'limdan kelgancha bor kuchimni sarflashga intilaman. O'z ustimda ko'proq ishlashga etibor beraman. Mehnat qilishdan aslo to'xtamayman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика