So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Abbos G'ulomov: “Har doim ham siz o'ylagan reja amalga oshavermaydi” Yangiliklar

Abbos G'ulomov: “Har doim ham siz o'ylagan reja amalga oshavermaydi”

Mavsum boshida katta maqsadlar bilan Superliga karvoni sari yo'lga otlangan Namanganning “Navbahor” jamoasi, ayni damda turnir jadvalining o'rta pog'onalaridan birini band etib turibdi.

Garchi "lochinlar"ning natijalari kutilganidek bo'lmasada, Andrey Kanchelskis hozirgacha bo'lgan muddat ichida bir qator yosh futbolchilardagi iqtidorni yuzaga chiqarishga ulgurdi. Ulardan biri birinchi davra kashfiyotlaridan biri sifatida tilga olingan Abbos G'ulomovdir. Albatta bu nom ko'pchilik uchun tanish bo'lmasada, saytimizga bergan intervyusida o'zi haqida batafsil malumot berib o'tdi.

- Siz futbolimiz kelajagi sifatida etirof etilayotgan yosh iqtidor sohiblaridan birisiz. Keling, suhbatimizni o'zingiz haqingizdagi malumotdan boshlasak...

- Futbolga yaqinda keldim, deyishim noo'rin bo'lsa kerak. Sababi, beshinchi sinfdan boshlab millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganib kelyapman. Namangan shahridagi futbol maktabida Otabek Otaboev va Umarxon Otaxonovlardan dastlabki saboqlarni olganman. Ular bilan birga ko'p yutuqlarga erishdim, turli musobaqalarda zafar quchdim. 9-sinfni tamomlaganimdan so'ng "Kosonsoy" jamoasi mashg'ulotlariga qo'shildim. U erda Mehmonali Solixo'jaev meni katta futbolga tayyorlab bordi. Hozirgi darajaga chiqishimda kosonsoyliklarning xizmatlari katta va ulardan minnatdorman... So'ng tajriba to'plash maqsadida Uychining "Xotira-79" klubida bir davra to'p surib, SHuhrat Qoraboev murabbiyligidagi "Navbahor" yoshlar jamoasiga qo'shildim. O'tgan yilning yozida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun Mirzohid Mamatxonov ikkimiz Pro-liga vakili - "SHo'rtan"da ijara asosida faoliyat olib bordik. Qishki yig'inlar paytida asosiy jamoa mashg'ulotlarida qatnashdim, iloji boricha o'zimni ko'rsatishga intildim va natijada birinchi turdayoq debyut qilishga muvaffaq bo'ldim.

- Birinchi davraning kashfiyotlaridan biri bo'lgan, olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan Abbos G'ulomov nima sababdan diqqat markazidan yo'qolib qoldi. Maydonda kam ko'rinayotganingizni boisi nimada?

- Jarohatimni davolayotgandim, elkam singan edi. Kechadan tiklanish mashqlarini boshladim. Xudo xohlasa yana avvalgi holatimga qaytishim uchun astoydil harakat qilaman.



- Bu yil Superligada debyut mavsumingizni o'tkazyapsiz. Aynan qaysi jihat etiboringizni tortdi?

- “Paxtakor”ning muddatidan oldin chempion bo'lmaganini inobatga olmaganda, shiddatli va kutilmagan natijalarga boy o'tmoqda. O'tkinchi o'yinni o'zi yo'q. Bitta mag'lubiyat sizni quyi pog'onaga tushirib yuboradi. Yoki, birgina g'alaba orqali yuqoriga ko'tarilib olishingiz mumkin.

- “Navbahor” doim oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadi. O'tgan mavsum bronza medallariga sazovor bo'ldi. Jamoa belgilangan vazifa sari intilyaptimi?

- Maqsadimiz chempionlik edi. Biroq, futbolda doim siz xohlagan narsa ro'y bermaydi. Qaerdadir omad etishmadi. Kerakli o'yinlarda ochkolarni boy berdik. Murabbiy almashinuvi istaysiz-mi, yo'q-mi tasir o'tkazadi.

- Viloyat klublarini poytaxt jamoalari bilan raqobatlashishiga nima to'sqinlik qiladi?

- Bu yil ular bilan bemalol tengma-teng o'ynayapmiz. “Lokomotiv” ikkinchi o'rinda ketayotgan bo'lsada, hali kurash to'xtamadi. “Paxtakor”ning tarkibini deyarli terma jamoa azolari tashkil etadi. Moliyaviy tomondan ancha barqaror. Lekin shunda ham ular birinchilikni osonlikcha qo'lga kiritishmadi.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика