Abbos Fayzullaev 5-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi
16 noy 2024 15:00
Yangiliklar


Abbos Fayzullaev 5-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 5-tur o'yinida Qatar mehmoni bo'ldi.
Qatarliklar hisobda oldinga chiqib, ikkinchi golni urganidan so'ng Abbos Fayzullaevning ikkita goli muvozanatni tikladi, biroq so'nggi daqiqalar Qatar terma jamoasi uchun omadli keldi va ular 3:2 hisobida g'alabani tantana qilishdi.
Ushbu bahsda dubl qayd etgan Abbos Fayzullaev Sofascore ning 5-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.
JCH-2024 uchinchi saralash bosqichi 5-tur ramziy terma jamoasi (Osiyo)
Darvozabon: Kan Ju Xyok (KXDR)
Himoyachilar: Abdulhamid (Saudiya Arabistoni), Mendes (Qatar), Machida (Yaponiya).
Yarim himoyachilar: Xvang (Janubiy Koreya), Mohebi (Eron), Lima (BAA), Abdulloh H. (BAA), Afif (Qatar).
Hujumchilar: Taremi (Eron), Fayzullaev (O'zbekiston).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar