So’nggi yangiliklar

16:59"Манчестер Юнайтед" "Ливерпуль" юлдузини сафига оғдириб олишга тайёр  0 16:33Деку "Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирига қизиқиши билдирганини тасдиқлади  0 16:05"Нефтчи" "Иртиш" устидан ғалабага эришди  4 15:31Кунья: "Одамлар 15 очкодан кўра унинг соч турмаги ҳақида кўпроқ хавотир оляпти"  3 15:03"Локомотив" Грузия жамоасидан енгилди  2 15:01Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  108 14:37Клоппнинг агенти: "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" Юргенга мурожаат қилган  1 14:11Италия ҳакамлар корпуси раҳбари "Ювентус" футболчиси майдондан четлатилгани учун узр сўради  1 13:42Расман: "Пахтакор" польшалик форвардни таркибга қўшиб олди  7 13:22"Навбаҳор" клуби ва "Марказий" стадиони раҳбариятида ўзгаришлар юз берди  1 12:59Моуриньюни АПЛ грандларидан бирида кўришмоқчи  1 12:37"Ливерпуль" юлдузи болалигидан "Реал" ҳақида орзу қилган – Собослаининг келажаги Мадриддами?  5 12:08"Ал Иттиҳод" "Реал" юлдузи учун йирик битим тайёрламоқда  1 11:40Пул йўқ: энди нима бўлади?  22 11:24"Трактор" хорватиялик мураббийи билан хайрлашди  1

Abbos Amonov: "Bizni durang ham qoniqtirmaydi" Yangiliklar

Abbos Amonov: "Bizni durang ham qoniqtirmaydi"

Bugun oliy liganing 5-tur uchrashuvlardan biri, Namangan shahrida, Namanganning “Navbahor” va G'uzorning “SHo'rtan” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Ananamizga ko'ra, har bir uchrashuv oldidan jamoamiz futbolchilarining o'yinoldi fikrlari haqida Siz aziz muhlislar bilan bo'lishishga harakat qilamiz. Bugun “Navbahor” – “SHo'rtan” uchrashuvi haqidagi fikrlarini bilish uchun Abbos Amonovga yuzlandik.

-  Namanganda bugun, turnir jadvalida yonma-yon turgan jamoalar kurash olib borishadi. SHu sababli, bu o'yin qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman. Lekin uchrashuv qiziqarli bo'lishi bilan bir qatorda, juda qiyin ham kechadi. Sababi, “Navbahor” mamlakatimizdagi o'z o'rniga, ananasiga va tarixiga ega jamoalardan biri. SHunday ekan, raqibimizni hurmat qilamiz. Ammo shuni aytib o'tishim ham kerak, bugun bizni xattoki durang natija ham qoniqtirmaydi. CHempionat boshidan o'tkazib kelayotgan muvaffaqiyatsizliklarimizga bugun aynan Namanganda chek qo'yamiz.

-  Habaringiz bor, klubimizda yaqinda yangi raxbarning belgilanishi, jamoadagi keskin ijobiy o'zgarishlarga olib keldi. Jamoadagi barcha tashkiliy va moliyaviy masalalar bizni hozir umuman o'ylantirmayapti. Sababi, biz uchun jamoada barcha shart–sharoitlar yaratilib berilib, kuni kecha, hatto oylik maoshlari borasidagi masalalar ham hal etildi. SHuning uchunmi, jamoadagi ichki muhit, jamoadoshlarimning kayfiyatlari ko'tarinki darajada. O'ylaymanki, tez orada jamoamizning avvalgi mavqeini, obro' va etiborini tiklashga erishamiz. CHunki, bu uchun katta zamin va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Biz futbolchilardan esa, qaerda va qaysi jamoaga qarshi o'ynashimizdan qatiy nazar, yaxshi o'yin namoyish etib, alo natijalarni qo'lga kiritish talab etiladi xolos, - deydi Amonov.


“SHo'rtan PFK” matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика