So’nggi yangiliklar

14:10САфарда "Бунёдкор" меҳмони. Зейтуллаев нималар деди?  0 13:38"Реал" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини нишонга олди  4 13:01Ўртоқлик ўйини. “Қўқон-1912” Грузия жамоасини мағлуб этди  1 12:15Тонали "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди. Мадридликларнинг жавоби маълум  4 11:48САфарда. ОКМК қандай тайёрланмоқда? Миржалол Қосимов ва Жавоҳир Илёсов билан интервью  0 11:20“Фламенго” "Ливерпуль” собиқ форвардини сотиб олмоқчи  0 10:55Расман: "Динамо" ПСЖ тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  12 10:48Андрей Шипилов: "Натижа биз учун яхши кўриниш олди, муҳим жиҳат нолга ўйнадик"  3 10:15"Олимпик-MobiUz" февраль ойида Марказий Осиё жамоаларига қарши назорат учрашуви ўтказади  1 09:52"Атлетико" Симеонега ўринбосар қидиришга киришди. Мураббий мавсум якунида жамоани тарк этиши мумкин  5 09:25Илҳом Мўминжонов: "Бубаня билан келишувга эришилди. Олдимизда Суперлигага чиқиш вазифаси турибди"  2 09:00Эшитдик-да! "Бухоро" собиқ футболчилари "Истиқлол"га ўтмоқда  3 08:35Санжар Шоаҳмедов "Металлург"да  1 08:05Маҳмуд Маҳамаджонов: "Андижон"га совринлар ютиш учун келдим"  11 07:40"Арал" россиялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  1

Aaron Remzi: “Zidanning finaldagi goli eng sevimlisi" Yangiliklar

Aaron Remzi: “Zidanning finaldagi goli eng sevimlisi"

Teglar :  Aaron Remzi
“Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzi CHempionlar ligasining “Facebook”dagi sahifasida muxlislar tarafidan o'ziga berilgan savollarga javob qaytardi.


Yoqtirgan goli, bolalikdagi kumiri, noqulay raqibi va boshqa turli qiziqarli savollarga javob berib o'tdi. Ushbu loyiha UEFA tomonidan yulduzlarni ishqibozlarga yaqinlashtirish maqsadida tashkil etilgan.


- CHempionlar ligasi tarixida eng yoqtirgan golingiz qaysi?

-Zayniddin Zidanning finaldagi goli – eng yoqtirganim.

- “Arsenal”da siz bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi kim?

-Sesk Fabregas – u mening poziciyamda o'ynaydi. “Arsenal”da o'ynashni boshlaganimda u bilan solishtirishardi. U har turda o'ynab, gollar urar va paslar berardi. U turlicha o'yinga moslashgan yarim himoyachi. SHu sababli aynan uni tanlayman.

- CHempionlar ligasidagi g'alabani qanday nishonlardingiz?

-O'ylashimcha, bu bir necha kunga cho'zilardi! Bu orzuning haqiqatga aylanishi bo'ardi. Hech qachon biror narsani yutmaguncha uni qanday nishonlashni bilmaysan. SHuning uchun avval unga erishsak, keyin aytaman.

- “Arsenal”dagi faoliyatingiz davomida eng yaxshi lahza qaysi?

-Angliya Kubogidagi g'alaba va unda hal qiluvchi golni urganim. Bu ajoyib bo'lgandi. Uzoq yillar davomida birinchi sovrinimizni yutgandik. Hozircha bu faoliyatimdagi eng yaxshi lahzalardir.

- “Arsenal”ning qaysi yosh o'yinchisini kuzatib borish kerak?

- Aleks Ivobi. U juda mahoratli, texnikasi ham juda yuqori. Kelajakda mashhur futbolchiga aylanish uchun katta imkoniyatga ega.

-Bolalikda kim kumiringiz bo'lgan?

-“Kardiff Siti”ning o'sha paytdagi sardori Grem Kevanax. “Kardiff”ning o'yinlariga tez-tez kirardim, u esa mening poziciyada o'ynar va sardorlik qilardi. O'zimni har tarafdan unga solishtirardim va u kabi muvaffaqiyatlarga erishishni xohlardim.

-Bir jamoada Mesut Ozil bilan o'ynash qanday?

-U maydonni ajoyib ko'radi va shu sababli golli paslar beradi. Uning to'p oshirishlari mukammal deb aytish mumkin. SHuningdek, u juda yaxshi ochiladi va jamoa o'yinini tashkil qila oladi.

- Qaysi pozicida o'ynashni maqul ko'rasiz?

-Markaziy yarim himoyada. O'ylashimcha, bu ampluada yaxshi futbol ko'rsatishga qodiraman. Yana maydon markazida o'ynash hammasidan ko'ra yoqadi.

-Qaysi futbolchi “Arsenal” o'yinini kuchaytirgan bo'lardi?

- Terri Anri. U klubda ishonish qiyin bo'lgan muvaffaqiyatlarga erishgan. SHubhasiz, u afsonaviy o'yinchi. Uni shunday atagan bo'lardim.

- Kimga qarshi o'ynash eng qiyin?

- Skott Parkerga. U sizni bir soniya ham tinch qo'ymaydi, doimo oyoqqa tepadi va to'pni olib qo'yishga intiladi. Undan qiyinroq raqibni hali uchratmadim.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика