Aaron Remzi: “Yuventus” futbolkasida to'p tepish –sharaf”
18 avg 2019 09:35
Yangiliklar
Aaron Remzi: “Yuventus” futbolkasida to'p tepish –sharaf”
“Yuventus” yarim himoyachisi Aaron Remzi yangi jamoasi tarkibida ilk uchrashuvda maydonga tushdi va o'z taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men o'zimni yaxshi his qilayapman. Tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshdi. Jamoam uchun bor kuchimni sarflab, g'alabalariga hissa qo'shishimga ishonaman.
Italiya futbolida to'p tepish va uning bir qismiga aylanishimdan xursandman. Ushbu mashhur klub futbolkasida maydonda to'p tepish men uchun sharaf. Jarohatdan so'ng maydonga qaytish uchun qattiq mehnat qildim. Umuman olganda hozir yaxshi “forma”daman. Yana bir nechta o'yinlarda maydonga chiqsam, ideal holatda bo'laman.
Bizda o'z g'oyalariga ega yangi murabbiy ishlamoqda. Biz unga moslashayapmiz. O'ylashimcha, jamoa yaxshi holatda va mavsum biz uchun omadli kechadi”, deydi Remzi.
Fikrlar