"A seriya"ning oltita jamoasigina o'tgan mavsumda daromad olgan
08 mar 2014 17:43
Yangiliklar


"A seriya"ning oltita jamoasigina o'tgan mavsumda daromad olgan
2012\13 mavsumda Italiya chempionatining faqatgina oltita jamoasi mavsumda moliyaviy tomonlama foyda ko'rishga erishgan, deya xabar tarqatmoqda La Gazzetta dello Sport.
Mavsum yakunlariga ko'ra Udineze (32,3 mln), Napoli (8,1), Kevo (1,5), Peskara (1,3), Fiorentina (1,2) va Kataniya (0,1 mln) jamoalari daromad olishgan.
Eng katta zarar esa Inter klubiga tegishli. Ular mavsumni 82,7 mln evro miqdoridagi qarz bilan yakunlashgan.
SHuningdek Roma (40,1 mln evro), Yuventus (15,9 mln), Milan (6,9) i Lacio (5,9) kabi jamoalar ham mavsumni “minus” da yakunlashga majbur bo'lishgan.

Fikrlar