A Seriyaning 3 o'yini koronavirus tufayli boshqa kunga ko'chirildi
23 fev 2020 10:59
Yangiliklar
A Seriyaning 3 o'yini koronavirus tufayli boshqa kunga ko'chirildi
Xitoydagi koronavirus Evropa futboliga qadar etib bormoqda.
Italiya premer-ministri Juzeppe Konte mamlakatdagi ikki provinciya - Lombardiya va Venetodagi barcha sport tadbirlarini bekor qildi.
SHular jumlasida A Seriyaning 3 o'yini ham bor. Bunga sabab sifatida koronavirus xavfi elon qilindi.
Qayd etilishicha, bugun bo'lishi kerak bo'lgan "Verona" - "Kalyari", "Atalanta" - "Sassuolo" va "Inter" - "Sampdoriya" kabi uchrashuvlar bekor qilingan.
O'yinlarning o'tkazilish sabablari hali ochiqlanmagan.
Fikrlar