So’nggi yangiliklar

01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  7 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5

A Seriyadan ketishi mumkin bo'lgan yulduzlar Yangiliklar

A Seriyadan ketishi mumkin bo'lgan yulduzlar

Apennin yarim oroli bir qator top-o'yinchilarini yo'qotish arafasida turibdi.

Italiya A Seriyasi Evropa qitasidagi eng yaxshi chempionatlardan biri hisoblanadi. U erda futbolchilar muxlislarni xursand qilishga, doim yaxshiroq o'ynashga harakat qilishadi. Qolaversa, so'nggi yillarda chempion bo'lish borgan sari qiyinlashib bormoqda. Bazi mutaxassis hamda muxlislar esa A Seriyani APL va hattoki, La Ligadan ham keyingi o'rinda turadi deb sanashadi.

Bu yil yozda A Seriyada jiddiy transferlar sodir bo'lishi kutilmoqda va ko'zga ko'ringan qator yulduzlar Italiya chempionatini tark etishi mumkin. Keling bugun shu haqida suhbatlashamiz.


Matteys de Ligt

22 yoshli markaziy himoyachi 2019 yil yozda Italiyaga ko'chib kelgandi: "Yuventus" de Ligtni 85,5 million evroga "Ayaks"dan xarid qilgan. Oradan bir yil o'tib, niderlandiyalik legioner Italiya chempioni bo'ldi. Ammo biroz muddatdan so'ng Turin grandi inqirozga yuz tuta boshladi. Hozircha, "keksa sinora" Skudetto uchun asosiy davogar emas. SHu sababli, de Ligt 2022 yil yozida klubini o'zgartirish borasida jiddiy bosh qotirmoqda. Uning agenti Mino Rayola avvalroq ochiqchasiga "Matteys faoliyatidagi yangi qadamni tashlashga tayyor" deb aytgandi.

De Ligt uchun davogarlar orasida PSJ, "Barselona" va bir nechta ingliz klublari bor. Asosiy davogar bo'lmish "CHelsi" safida yozda shartnomasi muddati tugaydigan va uni uzaytirishni istamayotgan futbolchilar bor. Natijada "ko'klar"ning markaziy himoya chizig'i muammoli nuqta bo'lib qolishi mumkin. De Ligtga munosib takliflar bo'lsa, "Yuve" o'yinchisini olib qola olarmikan? Katta ehtimol bilan yo'q. Qolaversa, 2024 yil iyulida niderlandiyalikning Turin klubi bilan tuzgan bitimi muddati nihoyasiga etadi. Matteysning esa yangi shartnoma imzolash niyati hozircha yo'q.


Sergey Milinkovich-Savich

Nima deb o'ylaysiz, ommaviy axborot vositalari taxminan necha yildan beri Sergey Milinkovich-Savichni boshqa klublarga "sotishmoqda"? Qizig'i, hamon Rimda to'p tepayotgan futbolchi shu yil bu gap-so'zlarga nuqta qo'ysa kerak. Markaziy yarim himoyachi fevral oxirida 27 yoshga to'ladi. Klub etakchisi ortidan maksimal foyda ishlashni istasa, u holda hozir bo'lmasa, unda qachon etakchisi bilan xayrlashdi? Milinkovich-Savich faoliyatining deyarli 7 yilini Rim klubiga bag'ishladi. Bunday yuqori darajadagi futbolchi Italiya Kubogi va Superkubogidan tashqari boshqa sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatidan voz kecholmaydi axir.

Oxirgi yillarda Milinkovich-Savichga katta qiziqish bildirayotgan jamoa — "Manchester Yunayted". "Qizil iblislar"dagi vaziyat jamoaga haqiqatdan ham "Lacio" etakchisidek futbolchi kerakligidan dalolat beradi. Aftidan, "Old Trafford"da yozda tarkib bilan bog'liq jiddiy o'zgarishlar bo'ladi. Milinkovich-Savichni xarid qilish esa bu ishga ideal yondashuv bo'ladi, nazarimizda. Ammo "MYU" tezroq harakat qilishi lozim, chunki serbni jamoasiga qo'shib olish istagida bo'lgan klublar talaygina.


Frank Kesse

Frank butun professional karerasini Italiyada o'tkazmoqda. U "Atalanta", "CHezena" safida to'p tepishga ulgurdi. 2019 yil yozidan beri esa "Milan" sharafini himoya qiladi. "Rossoneri" Frankni 24 million evroga sotib olgan. Garchi "Milan" xarid qiluvchi klubdan hech qanday foyda ko'rolmasa-da, afrikalikning hozirgi narxi ikki barobar o'sgan — 48 milliongacha. Gap shundaki, Kessening "rossonerilar" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi va yangi bitim imzolash borasida hech qanday gap-so'z yo'q. Demak, Frank iyuldan erkin agent sifatida faoliyatini davom ettirish uchun o'zi joy tanlashi mumkin bo'ladi.

Noyob iqtidor egasi va "Milan" sharafini sifatli futboli bilan himoya qilayotgan Kessega Evropaning qator top klublari qiziqish bildirmoqda. Hozirda Frank uchun asosiy davogarlar "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va PSJ. Aftidan, katta ehtimol bilan Kesse yozda Apennin yarim orolidan ketadi.


Paulo Dibala

Argentinalik forvard Paulo Dibala 2012 yil yozidan buyon A Seriyada to'p tepadi. Dastlabki uch mavsumni "Palermo" safida o'tkazganidan so'ng, futbolchi "Yuventus" sharafini himoya qila boshladi. Oxirgi yillarda "Paulo "Yuve"dan ana ketadi, mana ketadi" kabi xabarlar ko'p tarqagandi. Ammo hozir bu savol har qachongidan dolzarb bo'lib bormoqda. Sababi joriy yilning iyun oyida Dibala va "Yuventus" o'rtasidagi bitim muddati tugaydi. Tomonlar yangi shartnoma imzolash borasida bir qarorga kelishmadi. Aniqrog'i, ommaviy axborot vositalarida futbolchi va klub bitim borasida kelishib olgani haqida xabar tarqalgandi. Biroq so'nggi pallada turinliklar yana bir marta o'ylab ko'rishga qaror qilgani, bundan esa forvard norozi bo'lib, muzokara to'xtatilgani aytilgandi. Biroq keyinroq Dibala bergan intervyusida bu masala ko'rib chiqilguncha kutishga tayyor ekanini malum qilgandi.

Oxirgi masala — bu Dibalaga qiziqqan boshqa klublarni muzokaraga taklif qilish. SHunday jamoalardan biri — Milanning "Inter" klubi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, Paulo Italiyadan ketishiga to'g'ri kelmaydi. Bu esa forvard uchun ayni muddao. Boshqa tomondan, "Tottenxem" ham Dibalaga katta qiziqish bildirmoqda. U erda moliyaviy tomondan Pauloni xafa qilmasliklari aniq. SHuningdek, Dibala Londonga borsa, Antonio Konte bilan ishlash imkoniyatiga ham ega bo'ladi. SHunday ekan, voqealar rivojini kuzatamiz...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика