So’nggi yangiliklar

19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  1 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  5 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  7 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  4 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1

A Seriyada "Veneciya" mashmashasi yoxud jamoa libosida klub emblemasi bo'lmasligi mumkinmi? Yangiliklar

A Seriyada "Veneciya" mashmashasi yoxud jamoa libosida klub emblemasi bo'lmasligi mumkinmi?

Qatorasiga ikkinchi yil "Veneciya" liboslari diqqat markazida - klub B Seriyada "Nike" bilan shov-shuv ko'targan bo'lsa, endi shu ishni "Kappa" bilan A Seriyada qilmoqda.

Mavsum boshidan veneciyaliklarga formaning to'liq komplektidan foydalanishga imkon berishmadi. Kubokning birinchi raundi "Frozinone"ga qarshi bahsda (1:1, penalti bo'yicha 8:7) jamoa futbolkaning ko'krak tomonida klub logosi tushirilmagan futbolka bilan maydonga tushgandi. Bu ish yana takrorlandi: shunga o'xshash voqea A Seriya ilk turi "Napoli" bilan o'yinda ham (0:2) sodir bo'ldi.

Yodingizda bo'lsa, futbolkaning original versiyasida chap ko'krak tomonda davlat gerbi va klub emblemasini bezab turadigan oltin qanotli sher bor edi. Lekin hattoki, futbolkadan olovrang-qora-yashil rangdagi bayroq surati ham olib tashlandi. Hammasi A Seriyaning qatiy qoidalariga asosan bo'lgan, unda shunday yozilgan:

"Klub emblemasi futbolkada, shortikda, noskining har bir poyida va futbolkaning orqa qismidagi raqamning har birida faqat bir martadan keltirilishi mumkin. Emblema, klub nomi (yoki abbreviaturasi) futbolka va shortiklarda rasm ko'rinishida ham kelishi mumkin,. Ammo u libos rangidan ajralib turishi zarur".

Formalar bo'yicha "Footy Headlines" saytining taklifiga ko'ra, "Venezia" yozuvi logotip sifatida ro'yxatdan o'tgan. SHuning uchun, klub ulardan birini tanlashi kerak edi. Klub esa emblema va bayroqdan voz kechgan, liga bilan bo'lgan muzokaralar esa hali bu borada yordam bergani yo'q.

Eng qizig'i, futbolkadagi "Kappa"ning naqd 7ta (!) logosi hech kimning g'ashiga tegmayapti...

Klub bu muammoni qanday hal qilishi haqida hali bir qarorga kelishmadi. Odatda, klublar bunday muammoga duch kelmaydi, sababi ko'krak qismdagi joy titul homiyga beriladi. Biroq "Veneciya" — o'ziga xos loyiha! O'tgan hafta klub yangi bosh homiy bilan shartnoma imzolaganini elon qildi — Italiyaning avtomobil kompaniyasi (DR Automobiles Groupe).

Lekin homiy uchun futbolkaning orqasidan joy ajratildi — estetika! Ha, aytgancha, bir narsaga etibor bering: futbolka orqasidagi raqamning ichiga kichik shriftda klubning "VFC" qisqartmasi bostirilgan — qoidaga ko'ra, bu borada hech qanday cheklov yo'q.


"Roma" va "Milan"ning uchinchi liboslari nima bo'ladi?

Avvalroq Puma qator klublarga uchinchi liboslarni yangi shablon bo'yicha tayyorlab bergani haqida malumot tarqalgandi, lekin u erda A Seriya qoidalari buzilmagan: ha, libosning oldi qismida klub nomi, ammo emblema esa futbolkaning orqa tomoniga o'tgan yoki ustalik bilan yashirib qo'yilgan.

A Seriyada yana bir qoida bor: logotiplar futbolkaning 100 kvadrat santimetridan ko'p bo'lmagan hududni egallashi zarur. Agarda "Milan" bu o'lchovlarni buzmagan bo'lsa, hech qanday etirozga o'rin yo'q. 

"Roma"ning 2019 yildagi uchinchi formasini eslaysizmi? Unda logolar bir yo'la uchta edi: emblema, ASR va Lupetto (bo'ri). Ammo oxirgi ikkitasi rasm ko'rinishida edi, A Seriya uchun bu ruxsat etilgan holat. Biroq o'shanda UEFA Evropa Ligasi uchun komplektni o'zgartirishni talab qilgan. Sababi ushbu tashkilot qoidalariga ko'ra, futbolkada maksimum ikkita logo bo'lishi mumkin. "Roma" o'shanda ASR"dan voz kechgandi.


A Seriyaning yana bir yangi azosida ham libos bilan muammolar  

"Veneciya" A Seriyaga 19 yillik tanaffusdan keyin qaytdi. Ammo bu mavsum undanda uzoqroq kutilgan "qaytishga" guvoh bo'ldik – "Salernitana" yuqori divizionda 22 yil o'ynamagandi. Ushbu jamoa ham safardagi mag'lubiyat (2:3 "Bolonya") va ekipirovka bilan muammolardan boshladi.

Hujumchi Federiko Bonaccoli negadir ishlab chiqaruvchi korxona Zeus"ning logotipi teskari tushirilgan futbolkada maydonga tushdi. SHunday bo'lsa ham, bu forvardga o'yinda hisobni ochishga halaqit qilmadi. Nima bo'lishiga qaramay, "Veneciya" A Seriya bilan til topisha olishiga va original komplektda ham gollar urishiga ishonib qolamiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика