A Seriyada bosh murabbiy istefoga chiqarildi
17 jan 2022 16:29
Yangiliklar
A Seriyada bosh murabbiy istefoga chiqarildi
Genuyaning "Sampdoriya" klubi rahbariyati bosh murabbiy Roberto D'Aversani istefoga chiqarishga qaror qildi.
Roberto Genuya jamoasida 2021 yilning iyulidan ishlayotgan edi. U bu o'rinda Klaudio Ranerining o'rnini egallagandi.
Roberto qo'l ostida "Sampdoriya" joriy mavsum A Seriyani muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. Jamoa ayni dam jadvalning ikkinchi qismida bormoqda.
Genuyaliklar keyingi o'yinni 18 yanvar kuni "Yuventus"ga qarshi o'tkazishadi.
Fikrlar