A Seriya. "Yuventus" - "Sassuolo" o'yini kurashlarga boy bo'ldi va g'olib aniqlanmadi
01 dek 2019 18:25
Yangiliklar


A Seriya. "Yuventus" - "Sassuolo" o'yini kurashlarga boy bo'ldi va g'olib aniqlanmadi
Juventus Leonardo Bonucci - 20', Cristiano Ronaldo - 68' |
Serie A . 14-tur 01/12/2019, 16:30 2
:
2
Tugadi
|
Sassuolo Jeremie Boga - 23', Francesco Caputo - 47' |
Stadion: Allianz Stadium, 40597 tomoshabin
Bosh hakam: Federico La Penna
Yuventus – Sassuolo 2:2 (1:1, 1:1)
1 dekabr, 16.30, «Alyanc Stedium»
GOLLAR: Bonuchchi 20, — 0:1, Boga 22, — 1:1, Kaputo 47, — 1:2, Ronaldu 68, — 2:2.
Yuventus – 77.Buffon, 19.Bonuchchi, 12.Aleks Sandro, 4.de Ligt, 30.Bentankur, 16.Kuadrado, 23.Jan (14.Matyuidi, 54), 5.Pyanich, 33.Bernardeski (10.Dibala, 53), 21.Iguain (8.Remzi, 79), 7.Ronaldu.
Zaxira: 1.SHensni, 31.Pinsolio, 2.De SHilio, 13.Danilo, 24.Rugani, 28.Demiral.
Bosh murabbiy: Mauricio Sarri.
Sassuolo – 63.Turati, 22.Tolyan, 19.Romanya, 77.Kiryakopulos, 2.Marlon, 73.Lokatelli, 7.Boga, 23.Traore (8.Dunkan, 62), 4.Manyanelli, 10.Djurichich, 9.Kaputo.
Zaxira: 56.Pejolo, 64.Russo, 14.Obiang, 17.Muldur, 18.Raspadori, 33.Tripaldelli, 35.Pichchinini, 36.Mazzitelli, 44.Gion, 68.Burabiya.
Bosh murabbiy: De Zerbi.
Ogohlantirishlar: Jurichich (39), De Zerbi (56), Tolyan (78), Muldur (87), Pyanich (89).
Uchrashuv yakunlandi. O'yinni siz uchun Nodir Abdurasulov matnli translyaciya qilib bordi. Kamchiliklar uchun rozi bo'lasiz. Ikkala jamoa ham bugun yomg'irli ob-havoda ajoyib o'yin namoyish etishdi. Sizga A Seriya jadvalini taqdim etgan holda, bugungi onlayn translyaciyaga yakun yasaymiz.
90+4. RONALDUUU! Boshi bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
90+2. Ronalduda yana bir imkoniyat bo'lgandi. Foydalana olgani yo'q.
90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.
89. Pyanichga ham sariq kartochka.
88. Remzining zarbasidan so'ng to'p Turatining qo'lidan chiqib ketdi, ammo u Buffonning xatosini takrorlamadi.
87. Muldur biroz avval maydonga tushgandi va ogohlantirish olmoqda.
83. De Ligt ham bugun ancha xatolar qilmoqda.
79. O'zgarish. Iguain o'rniga Remzi tushdi.
79. Pyanichning jarima zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
78. Tolyan sariq kartochkaga loyiq topilyapti. Ronalduga nisbatan qo'pollik.
70. Dibala! Ajoyib zarba! Darvozaga kirib ketayotgan to'pni Ronaldu qaytarib qoldi. Exx deb bir nimalar demoqchi bo'lgandi Paolo, qarasa Ronaldu turibdi.!
68. GOL! RONALDU! 2:2. Bu vaziyatda Krishtianu qanday harakat qilishni biladi. Sovuqqonlik va aniq zarba! Hisob tenglashdi. O'yin yanada qiziydi. Kuzatamiz...
67. Penalti! Dibala penalti ishladi!
66. Dibalaning zarbasini Turati tomosha qilgandi. Ammo, zarba mukammal bo'lmadi.
65. Lokatelli jazolandi. Dibalaga qarshi qo'pol o'yin. Jarima zarbasi vujudga kelmoqda.
62. O'zgarish. Traore o'rniga Dunkan maydonga tushdi.
61. Ronalduning goli inobatga olinmadi. O'yindan tashqari holat.
56. Bosh murabbiy ("Sassuolo") De Zerbiga sariq kartochka ko'rsatildi. Hakamga etiroz bildrigani uchun.
54. O'zgarish. Emre Jan o'rnini Blez Matyuidiga bo'shatib berdi.
53. O'zgarish. Sarri maydonga Dibalani tashladi. Bernardeski "out".
51. Ronalduning qaychi zarbasiga kuch etishmadi, Emre Jan ham zarba bera olmadi.
50. Ronalduuu! Jarimadan kuchli zarba yo'llangandi. Turatidan qoyilmaqom seyv!
47. GOL! KAPUTO! 1:2. Buffonning xatosi qimmatga tushdi. Oddiy zarbadan keyin to'pni qo'lidan chiqarib yuborgan 41 yoshli qariya aybdor. Ikkinchi bo'limda tezkor gol ko'rdik. Exx Buffon, vaqtida futboldan ketmading-da!
46. Ikkinchi bo'limga start berildi!
45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi. Tanaffus
39. Jurichich ogohlantirildi. To'pga o'ynagandi, lekin Bernardeskiga nisbatan xavfli harakat qilgani uchun jazolandi.
32. Iguain zarba yo'llayapti. Noaniq. Uzoq burchakni ishg'ol etmoqchi bo'lgandi. Yomg'ir yog'yapti.
30. "Sassuolo" yuqori bosimdan so'ng to'pni oldi va hujumga o'tdi. Besamar yakun. Ammo, mehmonlar mazkur uchrashuvda turinliklar bilan tengma-teng o'ynashmoqda.
22. GOL! BOGA! 1:1. Deyarli otasi tengi inson darvozasiga "panenka" uslubida gol urib ketdi. Qoyil qolmasdan iloj yo'q. "Sassuolo" tezkor javob qaytardi.
20. GOL! BONUCHCHI! 1:0. Qarasa hech kim gol ura olmayapti. Masalani o'zi hal qilib qo'ya qoldi. Jarima maydonchasi yaqinidan darvozaning pastki burchagi tomon zarba berdi. Ajoyib gol! Haqiqiy sardor!
19. Kaputo "la kroketa" finti bilan bir himoyachini aldab o'tib, darvozani o'qqa tutdi. Texnika yaxshi, aniqlikka havas qilib bo'lmaydi.
16. Pyanich aqlli pas berdi, Iguaining zarbasi uzatmaga aylanib ketdi va Ronaldu to'pga eta olmadi...
15. Xayrulla Hamidov so'zlariga ko'ra: "Yuve"ning hujum uchligi (Ronaldu, 5 - Iguain, 4 - Dibala, 4) tomonidan umumiy 13 gol kiritilgan. SHuncha golni "Sassuolo"dan ikki hujumchi yo'llab bo'lgan (Berardi, 7 - Kaputo, 6) Qiziq tomoni, assistlik masalasida ham uchlik bilan ikkilik ko'rsatkichi teng: 5-5.
12. Jarimadan yo'llangan zarbaaa! Buffon maydon egalarini qutqarib qoldi!
9. Burchak zarbasidan keyin Ronaldu va Bonuchchi bir-birlariga halal berib qo'yishdi. Natijada, imkoniyat ko'kka sovurildi.
8. Jaaaaan! Yana u katta sahnaga chiqdi va uzoqdan kuchli zarba yo'lladi. Darvozabondan ajoyib seyv!
7. Emre Jan! Boshini ushayotgani ham bejiz emas. Deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'pni to'g'rilab qo'ya olmadi.
4. "Sassuolo" posboni Turati (2001 yilda tug'ilgan) "Yuventus"ga qari o'yinda A Seriyadagi debyutini o'tkazmoqda. 41 yoshli Buffon ham bugun asosiy tarkibdan joy oldi. Jiji va 18 yoshli o'smir yigit to'qnashuvi.
1. O'yin boshlandi!
— Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi
"Yuventus" futbolchilarining stadionga kirib kelishidan qaynoq suratlar
Foto: Getty Images
O’xshash yangiliklar

Fikrlar