So’nggi yangiliklar

10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  1 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  1 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  4 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  4 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  11 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  1 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  2 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  7 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  4 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  5 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  1 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  1 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  8 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  2

A Seriya. “Yuventus” - “Roma” va qolgan uchrashuvlar prevyusi Yangiliklar

A Seriya. “Yuventus” - “Roma” va qolgan uchrashuvlar prevyusi

Bugun Italiya CHempionati 17-tur doirasida jamoalar o'zaro kuch sinashadi.

SHu sababli, ularga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

“Lacio” — “Kalyari”

Italiya CHempionati 17 tur o'yinlari bir kunda bo'lib o'tadi. Uni “Lacio” — “Kalyari” uchrashuvi ochib beradi. Rimliklar klubi ketma-ket 7 o'yindan beri g'alaba qozonolgani yo'q. Jamoa Evropa Ligasida ikki martta mag'lub bo'ldi, A Seriya 5 turi davomida atigi 4 ochkoga ega bo'ldi. SHuning uchun, “burgutlar” top-3talikdan ancha pastda qolib ketishdi. Hozirda “Lacio” bilan CHempionlar Ligasining oxirgi o'rini uchun “Milan” bilan kuch sinashmoqda.


O'tgan turda rimliklar safarda “Atalanta”ga (0:1) mag'lub bo'lishgandi. O'sha bitta gol ham dastlabki daqiqada darvozaga kiritilgandi. Simone Indzagi istefoga chiqishi mumkinligi haqida hali hech qanday xabar yo'q. Avvalgi muvaffaqiyatlar va moliyaviy imkoniyatlarni darajasini hisobga olsak, bosh murabbiyni almashtirish bilan hech narsa o'zgarmaydi. Murabbiy shtabi bilan bog'liq janjal hozircha Rimning boshqa tomonida davom etmoqda.

“Kalyari” yaqinda Italiya Kubogida “Kevo”ni mag'lub etdi va bu jamoaning so'nggi kunlardagi yagona muvaffaqiyati bo'ldi. A Seriyada Rolando Marana jamoasi 6 turda 4ta durang o'ynadi va 2 bora mag'lubiyatga uchradi. Oxirgi bahsda “Kalyari” uyda “Napoli”ga (0:1) engildi. Rimga bo'layotgan safar og'ir o'tishi aniq. “Olimpiko” stadionidagi so'nggi 7ta o'yinning barchasida jamoa mag'lub bo'lgandi. Bu ham etmagandek, klub u erga himoyachilar Dario Srna va Luka CHeppitelisiz yo'l olgan.

“Jenoa” — “Atalanta”

CHezare Prandellining ogohlantirishi ham “Jenoa"ga tasir qilmadi. Italiya termasi sobiq bosh murabbiyi qo'l ostidagi jamoa SPAL bilan durang (1:1) o'ynadi hamda “Roma” (2:3) bilan bahsda engildi. Hattoki, Kshishtof Pentekning goli ham yordam bermadi. “Jenoa” o'z maydonida 5ta o'yindan buyon yuta olmadi. Kamiga ularning orasidagi Italiya Kublgi doirasida “Entella” klubi bilan bo'lgan uchrashuv ham bor.

Genuyaliklarni oldinda “Atalanta”ga qarshi bahs kutib turibdi. Bergamo klubi shaxdam qadamlar bilan Evrokubok tomon ketmoqda. “Lacio” bilan bo'lgan uchrashuvda bergamoliklar g'olib bo'lishi uchun ularga Duvan Sapata goli va VAR yordam berdi. Jan Pero Gasperini shogirdlari so'nggi 8 turda 6ta g'alaba va 2ta mag'lubiyatda erishdi. Etrit Berisha qaytganidan so'ng “Atalanta” yuqori cho'qqiga ko'tarila boshladi. Albaniyalik posbon tufayli jamoa 5 martta g'oliblik nashidasini surdi.

So'nggi o'zaro 5ta uchrashuvda ham “Atalanta” genuyaliklarni mag'lub etgandi. Bergomo jamoasi har o'yinda kamida ikki marttadan “grifonlar” darvozasini ishg'ol etgan.

“Milan” — “Fiorentina”

Eng qiziqrli uchrashuvlardan biri Milanda bo'lib o'tadi. Hozirda Jennaro Gattuzo kuchli bosim ostida qolgan. Oxirgi kunlarda Evropa Ligasi pley—off bosqichiga chiqish uchun yo'llanmani qo'ldan boy berdi. Gonsalo Iguain boshchiligidagi hujum 180 daqiqadan beri jimjitligicha qolmoqda. Jamoa “Bolonya” va “Torino”ga ham mag'lub etolmadi. UEFA tomonidan qo'yilgan sankciyalar ham borgan sari murakkablashib bormoqda. Yanvarda “rossoneri”larni transfer bozorida anchagina ish kutib turibdi. Yangi futbolchilarni Gattuzo boshchiligida tanlashlari ham hali aniqmas. Murabbiy rahbariyatning ishonchini qozonib, yana imkoniyat olishi uchun bir nechta o'yinlar qoldi, xolos.

“Milan” hech bo'lmaganda to'rtinchi o'rinni saqlab qolishi kerak. Hozirda bu o'rin uchun nomzodlar talaygina. Ularning biri — “Fiorentina”. O'tgan haftada “fialkalar” ikki yarim oy deganda g'alaba qozonishdi. “Empoli”ga qarshi bahsda florenciyaliklar raqibi darvozasini uch marotaba ishg'ol etishdi. “Ko'klar” esa bor yo'g'i bir marotaba javob qaytara oldi. Ikkinchi taymdagi g'alaba keltirgan to'pni hujumchi Jovanni Simeone tepdi.

Milanda bo'lgan so'nggi 4ta uchrashuvda “fialkalar”ga omad etishmagandi. O'tgan mavsum so'nggi turida “Milan” uyda “Fiorentina”ni yirik hisobda (5:1) mag'lub etib, Evrokubokga chiqishiga imkon qoldirmagandi. Qiziq, “fialkalar” bunga endi javob qaytara olrmikan?! “Milan” oddiy davrni boshdan o'tkazayotgani yo'q. “Rossonerilar”ning bugungi asosiy muammosi maydon markazidagi ikki muhim o'yinchilari — Franka Kessi va Temua Bakayoko bahsda ishtirok etolmaydi.

“Napoli” — SPAL

Arkadiush Milik qo'shimcha berilgan vaqtda “zarur gol”ni ura olagandi. “Liverpul” bilan bo'lgan o'yinda polyak darvozabonga to'xtovsiz zarba bergandi. Neapolliklar “Yuventus”dan keyingi ikkinchi o'rinda bormoqdalar.

“Adzurri” iloji boricha tezroq g'alabaga eltuvchi yo'lni topishlari kerak. Jamoa qo'shib berilgan vaqtda emas, boshidanoq bunga harakat qilishlari lozim. Karlo Anchelotti jamoasi tarkibi A Seriya o'yinlari uchun mos. SPAL Neapolga keladi. Raqib jamoa so'nggi 12 turda faqat bir marotaba g'alaba qozondi. Leonardo Semplichi shogirdlari durang natijali bahslardan so'ng, qiziq, yana qancha vaqt elitada qola olarkan?!

O'tgan mavsumda “Napoli” ikki marotaba SPALni mag'lub etgandi. Hozirgi mavsumda esa neapolliklar uydagi 8ta uchrashuvda 6 marotaba g'alaba qozondi. Mezbonlarning tarkibi bilan muammolar yo'q. Faqatgina himoyachi Mariu Ruya bahsda ishtirok etmasligi mumkin. Ammo uning o'rniga maydonga tusha oladigan o'yinchi yo'q emas.

“Kevo” — “Inter”

Domeniko Di Karlo boshchiligidagi “Kevo” ketma-ket 4ta bahsda durang o'ynadi. Veronaliklar 5ta bahsdan buyon hali mag'lub bo'lganlari yo'q. Lekin bu A Seriyaning oxirgi pog'onasidan ko'tarilish uchun kamlik qiladi. Hattoki, “Kevo”ga 3 ochkosi qaytarib berilsa ham vaziyat o'zgarmaydi. “Inter” mehmonda o'ynayotganini hisobga olsak, ular yutishi shart.

Milanliklar esa mavsumni qiyin o'tkazishdi. CHempionlar Ligasida “Tottenxem” va PSV bilan bo'lgan uchrashuvda jamoa atigi bir ochko to'play oldi. A Seriya safardagi o'yinda “Roma” bilan (2:2) durang o'ynadi, “Yuventus”ga esa (1:0) mag'lub bo'ldi.

O'tgan turda “Inter” bunga chek qo'yib, mehmonda “Udineze” ustidan g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi bitta golni jamoa sardori Mauro Ikardi penaltidan urdi. Aynan shu tufayli “neradzurri” uchinchi o'rinni saqlab qola oldi. Luchano Spalletti endi biroz engil nafas olib, g'alaba qozonishda davom etishi lozim.

O'zaro so'nggi 6ta uchrashuvda “Inter” 5 marotaba “Kevo”ni mag'lub etgan. O'tgan mavsum bahorda milanliklar Mauro Ikardi va Ivan Perishich urgan goldan so'ng zafar quchishgandi. Ikki o'yinchi hamon “Inter” tarkibida to'p tepadi.

“Yuventus” — “Roma”

Italiya CHempionati 17-turiga ushbu ikki jamoa o'rtasidagi bahs yakun yasaydi. A Seriya etakchisi “Yuventus” o'z maydonida “Roma”ni qabul qilib oladi.

Turin klubi chempionatda rekord o'rnatishda davom etmoqda. ECHLda “Yang Boyz” bilan bo'lgan uchrashuvda "Keksa sinora" engildi. Ammo derbida “Torino”ni (1:0) mag'lub etib, bu xatosini tuzatdi. Uchrashuvdagi o'sha bitta golni Krishtianu Ronaldu penaltidan urdi. To'g'ri, o'yindagi hakamlik bir necha savollar tug'ilishiga sabab bo'ldi. CHunki penaltini ikkala darvozaga belgilashligi mumkin edi. SHunga qaramasdan, “Yuventus” 16 tur davomida 1 martta durang o'ynadi, 15 marotaba g'alaba qozondi va 46 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi.

“Roma”da esa hammasi achinarli ahvolda. Bunday qoniqarsiz natijalardan so'ng janjal boshlanishiga bir bahya qolgandi. Uyda “Jenoa” (3:2) ustidan qozonilgan g'alaba vaziyatni biroz yumshatgandek bo'ldi. Eusebio Di Franchesko hamma ishni puxta o'ylab, keyin ish ko'rishi zarur. Atrofida uni va jamoani qutqaradigan biror zot ham yo'q. CHunki bu vaziyatdan murabbiyning o'zi chiqishga harakat qilishi lozim. Aks holda, istefoga chiqishga majbur bo'ladi.

“Roma” Turinga  Daniele De Rossisiz boradi. Bundan tashqari, Alessandro Florenci, Lorenco Pellegrini va Stefan El-SHaaravi ham uchrashuvda ishtirok etishi aniqmas. “Yuventus”da esa Juan Kanselo, Xuan Kuadrado va Andrea Barcali maydonga tusha olmaydi.

“Roma” so'nggi bor 2011 yil yanvarida Turindagi bahsda yaxshi o'ynagan edi. Lekin A Seriya doirasida “bo'rilar” ketma-ket 7 marotaba “Yuventus”ga engilishgan. “Zebralar”ning hozirgi ahvoliga qarab, bu seriyani to'xtatish mushkul. SHunday ekan, kuchlar teng bo'lmagan bugungi uchrashuvda “Roma”ga omad tilashdan boshqa iloj yo'q.


SHuningdek, bugun:
“Empoli” — “Sampdoriya”; 
“Sassuolo” — “Torino”; 
“Udineze” — “Frozinone”; 
“Parma” — “Bolonya” .


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика