So’nggi yangiliklar

22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  72 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  14 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8

A Seriya. "Yuventus" o'z maydonida "Milan"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" o'z maydonida "Milan"ni mag'lub eta olmadi

Teglar :  YuventusMilan
Italiya chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Milan" uchrashuvi yakunlandi.

"Yuventus" — "Milan" 1:1

19 sentyabr, 23.45, "Alyanc Stedium"

Gollar: 1:0 – 4 Morata, 1:1 – 76 Rebich.

"Yuventus": SHchensni, Danilo, Kellini, Bonuchchi, Aleks Sandro, Kuadrado (Keza, 72), Rabo, Lokatelli, Bentankur, Morata (Kin, 66), Dibala (Kulusevski, 79).

"Milan": Menyan, Tomori, Ker (Kalulu, 36), Romanoli, Ernandes, Kessie (Bennaser, 64), Salemakers (Florenci, 63), Tonali, Rebich, Rafael Leau, Braim Dias (Maldini, 90).


Ogohlantirishlar: Dibala (65), Tonali (65).


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Jamoalar murosa ko'chasini tanladi.

92. O'zgarish. "Milan" tarkibida Maldini Dias o'rniga maydonga tushdi.

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Kalulu debyut o'yinida faol harakat qilmoqda. U tomon oshirilgan to'pni sal bo'lmasa Kellini o'z darvozasiga joylab qo'yishi mumkin edi. Posbon hushyorlikni yo'qotmadi.

86. Xavfli vaziyat! Kalulu! Raqib jarima maydoniga kirish kalitini topgan mehmonlar navbatdagi gol sari yaqinlashgandi. SHchensni "Yuve" joniga oro kirdi.

84. Ronaldu "Manchester"da istaganicha gol urmoqda, turinliklarda esa etakchi topilmayapti.

83. Rebichdan zarba! CHap qanotdan jarima maydoniga kirib borgan futbolchi dublni rasmiylashtirishi mumkin edi. Zarba kuchli bo'lsa-da, noaniq ketdi.

79. Mezbonlarda o'zgarish. Kulusevski Dibala o'rniga o'yinga qo'shildi.

Tonalining burchakdan uzatgan to'piga Rebich himoyachilardan ildamroq harakat qilgan holda bosh bilan darvozaga yo'lladi. Darvozabon esa tomoshabin vazifasini bajardi.

76. Gooooooool!!! Rebich! Hisob tenglashdi! Milanliklar yuqoridagi so'zlarimizni eshitishdi chamasi.

74. Zarba! Danilo o'z hisobiga gol yozib qo'yishi mumkin edi, "Milan" posboni to'pni qaytardi. "Rossonerlar"da shijoat etishmayapti.

72. O'zgarish: Kieza Kuadrado o'rniga maydonga tushdi.

69. Zarba! Leau yaxshi zarba berdi, biroz noaniq.

68. Dibala darvozabonning oldinga chiqib ketganidan foydalanib, to'pni darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi, zarbasi esa kuchli bo'lmadi.

66. "Yuventus"da o'zgarish: Morata o'rniga Kin maydonga tushdi.

65. Ogohlantirish. Dibala va Tonali ogohlantirildi.Paulo maydon markazida qo'pollik ishlatgandi. Janjal kelib chiqishi oldini olgan hakam ikki futbolchini jazoladi.

63. O'zgarish! "Milan" tarkibida birato'la ikki futbolchi almashmoqda: Florenci Salemakers o'rniga, Bennaser esa Kessie o'rniga maydonga tushmoqda.

62. Dias jarima maydoniga kombinaciyalar orqali kirib borgandi, "Yuve" himoyachilari uni "zararsizlantirdi".

59. Teo olisdan darvozani nishonga olib ko'rdi, zarbasi ancha noaniq ketdi. "Milan" hujumlarida oxirgi nuqtani qo'yadigan futbolchi topilmayapti.

57. Maydon markazida "taekvondo" jangi. Tomori va Rabo to'nashdi. "Keksa senorlar" futbolchisi jabrlanuvchi rolida qoldi.

53. "Milan"ning hujumi yakuniga etmay qoldi. Teo boshlagan hujum o'ng qanotdan davom ettirildi. Biroq jarima maydoniga oshirilgan to'p to'g'ri darvozabon qo'llariga borib tushdi.

50. ZARBAA. Rabio yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi, ammo noaniq

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi 

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

43. ZARBAA. Yana Tonali raqib darvozasini "o'qqa" tutmoqda. Bu safar uning zarbasi noaniq

42. Mehmonlar yarim himoyachisi Tonali bugungi uchrashuvda ancha asabiy o'yin ko'rsatmoqda. Har bir xushtakka o'z fikrini bildirmoqda.

36. O'zgarish: Simon Ker jarohat olib maydoni tark etdi, uning o'rniga Per Kalulu maydonga tushdi

27. ZARBA. Dibala jarimadan to'pni uzatdi, Bonuchchining boshi bilan bergan zarbasi noaniq

24. ZARBAA. Tonali uzoqdan kuchli va aniq zarba yo'lladi, ammo to'p to'g'ri mezbonlar darvozaboning qo'liga kelib tushdi

Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasi yakunlandi. Hozircha to'liq ustunlik mezbonlar tomonidan. "Milan" futbolchilari shokda...

18. ZARBAAA. "Yuventus" raqibni "bosish"ni boshladi. Dibalaning kuchli zarbasini Mayk Menyan qaytarmoqda

16.  ZARBAAA. Sandroning qanotdan uzatgan to'piga Morata oyoq qo'ydi, mehmonlar darvozaboni to'pni burchakka chiqarib yuborishga erishdi

12. Dibala burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq Kellini boshi bilan zarba yo'llay olmadi

"Milan" burchak zarbasini amalga oshiridi, biroq turinliklar himoyachisi Sandro egallab oldi va Dibalaga uzatdi. Argentiniyalik esa Moratani darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi. Ispaniyalik hujmchi esa o'z imkoniyatidan unumli foydalanadi

4. GOOOOOOOOOOOOL. Morata hisobni ochmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Juventus

Alvaro Morata - 4'

Serie A . 4-tur

20/09/2021, 00:45

1
:
1
Tugadi

AC Milan

Ante Rebic - 76'

Stadion: Allianz Stadium, 18785 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
4'  Alvaro Morata
4'  Paulo Dybala
65'  Paulo Dybala
66'  Alvaro Morata (Moise Kean)
72'  Juan Cuadrado (Federico Chiesa)
79'  Paulo Dybala (Dejan Kulusevski)
35'  Simon Kjaer (Pierre Kalulu)
63'  Alexis Saelemaekers (Alessandro Florenzi)
63'  Franck Kessie (Ismael Bennacer)
65'  Sandro Tonali
76'  Ante Rebic
76'  Sandro Tonali
90'  Brahim Diaz (Daniel Maldini)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика