So’nggi yangiliklar

23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  8 22:45ЕЧЛ. "Брест" ва ПСЖ плей-оффда ўзаро тўқнаш келмоқда (онлайн ҳисоб)  13 22:43ЕЧЛ. Мбаппе, Вини, Беллингем. "Реал"нинг "Манчестер Сити"га қарши таркиби маълум  23 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  3 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  18 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  6 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  2 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  44 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  39 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  5 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  7

A Seriya. Markaziy o'yinda Pirlo Gattuzoni mag'lub etdi, Dibaladan gol! Yangiliklar

A Seriya. Markaziy o'yinda Pirlo Gattuzoni mag'lub etdi, Dibaladan gol!

Teglar :  Yuventus Napoli
Italiya chempionati 3-tur doirasida qoldirilgan "Yuventus" – "Napoli" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Yuventus" – "Napoli" 2:1

Gol: Ronaldu (13, 1:0), Dibala (73, 2:0), Insine (90-pen, 2:1).

"Yuventus" – Buffon, Aleks Sandro, Danilo, de Ligt, Kellini, Kuadrado, Bentankur, Rabo, Keza, Ronaldu, Morata.

"Napoli" – Meret, Di Lorenco, Xyusay, Kulibali, Rraxmani, Fabian Ruis, Zelinski, Insine, Demme, Losano, Mertens.

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Yuventus" markaziy o'yinda juda qiyin g'alabaga erishdi.

90+3. ZARBAAAA!! Osimxenning zarbasini De Ligt qaytarmaganida hisob tenglashishi mumkin edi!

90. GOOOOOOOOOLLL!!! Insine penaltidan unumli foydalandi!

89. PENALTIII!! "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgilandi!

85. "Napoli"da jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Ruisning zarbasi jonli devordan o'tmadi.

81. Dibalani ochiqchasiga yiqitgani uchun Rraxmani ogohlantirildi.

78. Xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Ammo Osimxen zarba bera olmadi.

73. GOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Dibaladan supergooooooollll!!!

71. ZARBAAAAA!! Ruisning kuchli zarbasini Buffon qaytardi!

69. "Yuve"da bir yo'la ikki o'zgarish. Dibalani maydonda ko'rmoqdamiz!

64. O'yin juda tez bo'lmoqda.

59. ZARBAAAAAA!!! Insinening kuchli zarbasini Buffon oyoqlari bilan qaytardi!

56. UXXXX!!! Osimxenning zarbasi Sandroga tegib, burchakka chiqib ketdi.

54. Kuadrado ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi.

50. Kezaning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

49. Taym zerikarli boshlangani uchun fikri hayolim AGMKning uchrashuvida bo'ldi. Ajoyib g'alaba bilan tabriklab, bor etiborimizni Turindagi o'yinga qaratamiz.

offtop! AGMK 120-daqiqada gol urib ketdi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. UXXX!! Zelinski "Yuve" jarima maydonchasi ichida yiqitilgandi. Lekin bu safar ham bosh hakam penalti belgilamadi. Hatto VARda ham ko'rilmadi.

43. "Napoli" bosimni oshirmoqda.

40. ZARBAAAAAAA!! Insinening kuchli zarbasi darvozaning shundoq yuqorisidan o'tib ketdi.

38. ZARBAAAAA!!! Kuadrado raqib jarima maydonchasi ichida xohlagan ishini qildi. Ammo zarbasi shunchalar oson bo'ldiki, darvozabon qiynalgani ham yo'q.

36. Yo'q. VAR ishga tushmadi. Ammo biz yaqqol penalti borligini ko'rgandik.

34. UXXXX!! Losano Kezani yiqitgandek. VAR ishga tushib, penalti belgilanishi ham mumkin. Ko'ramiz.

31. Uchrashuv yaxshi temp bilan boshlangandi. Ammo hozirda tomonlar extiyotkorlikni afzal ko'rishmoqda.

28. Daniloning "Napoli" jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini himoyachilar oldinga tepib yuborishdi.

25. UXXXX!! "Yuve"da ajoyib vaziyat yuzaga kelishi mumkin bo'lgandi. Morata Ronaldu tomon to'pni uzata olganida gol bo'lishi aniq edi. Ammo Kulibali to'pni o'tkazmadi.

20. O'yin asta-sekin markazga ko'chmoqda. Temp pasaygan.

16. ZARBAAAAA!! Qanotdan oshirilgan to'pga Ruis judayam noaniq zarba yo'lladi.

13. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Ronaldu hisobni ochdi!!! Keza ikki raqibini aldab o'tib, shunday pas berdiki, Ronaldu bu vaziyatda gol ura olmasligi qiyin edi!! Ajoyib gol!

11. XAVFLI VAZIYAT!!! "Yuve" himoyasidagi xatodan keyin Insine to'pni darvoza yonidagi Losanoga oshirgandi. Aleks Sandro to'pni to'xtatib qoldi.

9. ZARBAAAAAAA!! Kezaning zarbasini Rraxmani qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

7. Jamoalar tezkor o'yin ko'rsatishmoqda. Ammo hujumlar o'xshamayapti.

4. ZELINSKIIIII???!!! U ham qulay imkoniyatdan gol ura olmadi. Ajoyib vaziyatlar ko'kka sovurilmoqda.

2. RONALDU????!!! Morataning ajoyib to'p uzatmasidan keyin Ronaldu 3 metrdan raqib postini aniq nishonga ola bilmadi. Uning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Alyanc" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda "Yuventus" A Seriyaning 3-turi doirasida qoldirilgan "Napoli"ga qarshi o'yinni o'tkazadi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика