A Seriya. "Yuventus" g'alaba qozonib, top-5 chempionatlardagi eng yaxshi startni takrorladi
16 dek 2018 02:30
Yangiliklar
A Seriya. "Yuventus" g'alaba qozonib, top-5 chempionatlardagi eng yaxshi startni takrorladi
Uchrashuvdagi yagona gol etmishinchi daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi.
Ushbu g'alaba Massimiliano Allegri jamoasi uchun A seriyadagi ketma-ket ettinchi muvaffaqiyat bo'ldi. Joriy mavsumda turinliklar Italiya chempionatida 16 turda 15 ta g'alaba va 1 ta durrang natija qayd etishdi. Bu natija Evropaning top-5 chempionatlarda eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Bungacha, "Tottenhem" (1960/61), "Barselona" (2012/13) va "Manchester Siti" (2017/18) jamoalari 16 turda 46 ochko to'plab mavsumning eng yaxshi startini amalga oshirishgan edi.
Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
"Olimpiko di Torino"
Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu.
Torino – Sirigu (Ichaso, 20), Icco, Nkulu, Djidji, Rinkon, Ayna (Berenger, 85), Ansaldi (Paridjini, 75), Bazelli, Meyte, Dzadza, Belotti.
Yuventus – Perin, De SHilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Djan, Pyanich, Matyuidi, Dibala, Mandjukich, Ronaldu.
Ogohlantirish: Dzadza (27), Pyanich (48), Djan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90).
Torino |
Serie A . 16-tur 15/12/2018, 23:30 1
:
0
Tugadi
|
Juventus Cristiano Ronaldo - 70' |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 26588 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
Fikrlar