So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

A Seriya. "Fiorentina" bir kishi kam bo'lib qolgan "Yuventus"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

A Seriya. "Fiorentina" bir kishi kam bo'lib qolgan "Yuventus"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Italiya chempionati 14-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Yuventus – Fiorentina 0:3 

«Alyanc Stedium»

Gol: Vlaxovich 3', avtogol Sandro 76', Kaseres 81'

Yuventus – SHensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, de Ligt (Frabotta, 88), Makkenni (Kulusevski, 73), Kuadrado, Remzi (Danilo, 20), Bentankur, Keza, Morata (Bernardeski, 46), Ronaldu.

Fiorentina – Drongovski, Igor Julio, Peccelya, Milenkovich, Biragi (Venuti, 82), Valero (Pulgar, 52), Amrabat, Riberi (Bonaventura, 82), Kastrovilli, Kaseres, Vlaxovich (Kuame, 75).

Ogohlantirishlar: Biragi (22), Riberi (37), Valero (47), Peccelya (84), Danilo (85).  

CHetlatish: Kuadrado (18).

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90. Zarba!  Bonaventuraning zarbasini SHensni ushlab oldi. 

88. "Yuventus"da o'zgarish: de Ligt o'rniga Frabotta tushdi.  

85. Venutini yiqitgan Danilo sariq kartochka oldi. 

84. Peccelya qo'polligi bois ogohlantirildi. 

82. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Biragi o'rniga Venuti, Riberi o'rniga Bonaventura o'yinga qo'shildi. 

81. GOOOOOOOOOOOOL!  Biragining ajoyib uzatmasini Kaseres golga aylantirdi – 0:3! 

78. Drongovski Bernardeskini ushlab qoldi, ammo hakam qoida buzilishini qayd etmadi. 

76. GOOOOOOOL! Aniqrog'i, avtogol. Kuamening bosimidan so'ng Sandro o'z darvozasini ishg'ol qildi – 0:2! 

75. "Fiorentina"da o'zgarish: Kuame Vlaxovichni almashtirdi.

73. "Yuventus"da o'zgarish: Makkenni o'rniga Kulusevski maydonga tushdi. 

71. Zarba!  Kezaning kuchli zarbasi Drongovski tomonidan qaytarildi. 

69. Zarbaaa!  Krishtianu Ronalduning zarbasi bloklab qo'yildi. 

68. Translyaciya rejissyori qayta-qayta Dibalani asosiy kadrda namoyish etaverib, bizni charchatdi, bu yoqda o'yin davom etyapti. 

67. Kaseres "Yuventus"ning xavfli ko'rinish olishi mumkin bo'lgan hujumini bartaraf etdi. 

65. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 52%,- 48%

63. Uuuuuxx!  Pulgarning aylantirma zarbasi xavfli, ammo noaniq ketdi. 

62. Keza maydon markazida bir nechta samarali harakatlarni ko'rsatdi, Riberi uni yiqitdi. 

60. Eh, Keza deyarli himoyadan hujumga qadar yugurib keldi, yakunda o'zi to'pdan ayrildi. 

58. Ronaldu jarima maydoni ichida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish zarurligini ko'rsatdi. 

57. GOOOOL!   Ronaldu Daniloning uzatmasini golga aylantirdi, biroq o'yindan tashqari holat kuzatildi. 

56. "Yuventus" himoyadan hujum boshlamoqda. Makkenni faollik namoyish etmoqda. 

54. Bonuchchi Vlaxovichga nisbatan qoidani buzdi. 

52. "Fiorentina"da o'zgarish: Valero o'rniga Pulgar tushdi. 

51. Bonuchchi hujumda Milenkovichga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bundan tashqari, ofsayd ham bor edi.  

50. Sal oldinroq sariq olgan Valero Bentankurga nisbatan fol ishlatdi.  

48. Uzatmadan so'ng De Ligtning harakati xavfli ko'rinish olayotgandi, biroq ofsayd qayd etildi.

47. Daniloga nisbatan qo'pollik ishlatgan Valero ogohlantirildi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Yuventus"da almashtirish: Morata o'rniga Bernardeski o'yinni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!

45+2. Zarba!  Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegdi.  Keyinga vaziyatda Bentankur zarba berdi, Drongovski o'z o'rnida. 

45+1. Milenkovich Aleks Sandroni yiqitdi, jarima zarbasi amalga oshiriladi. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. "Fiorentina" to'pni o'zida saqlab turibdi. Kastrovilli qanotda faollik ko'rsatib, burchak zarbasi ishladi. 

43. Bentankur va Vlaxovich o'zaro to'qnashib ketishdi, Rodrigo biroz lat edi. 

42. Zarba!  Amrabatning zarbasi kuchsiz chiqib qoldi, bu zarba SHensniga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi. 

40. Hakam Kastrovilli maydon markazida Kezaga nisbatan qoidani buzdi deb topdi.  

38. Zarba!   Drongovski Ronalduning zarbasini qaytarishga erishdi. 

37. Riberi Kezani yiqitgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

36. Milenkovich himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Ronaldu birga-bir holatga chiqib ketishi mumkin edi, Drongovski o'z vaqtida jamoasini qutqarib qoldi. 

34. Morata fol ishladi, Igor Julio unga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

32. Zarbaaa!  Makkennidan to'pni qabul qilib olgan Ronaldu ikki raqibini chalg'itib, o'ng oyoqda zarba berdi, sal noaniq. 

30. Ronaldu chap qanotda himoyachini aldab o'tib, to'pni ichkariga uzatdi, ichkarida esa Kezadan boshqa hech kim yo'q. 

28. Martin Kaseres faolligi evaziga Morata to'pni yo'qotdi, "Yuve"ning hujumlari o'xshamayapti. 

26. Zarbaaaa!  Dahshat!  "Fiorentina"ning ajoyib kombinaciyasi Kastrovillining erlatib yo'llagan zarbasi bilan tugadi, ushbu vaziyatda SHensni "Yuve"ni qutqarib qoldi! 

24. Biragi chap qanotdan to'pni ichkariga uzatdi, to'p Kezaga tegib maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi. 

22. Biragi o'ng qanotdan oldinga borgan Kezani qo'pollik bilan to'xtatib qoldi va ogohlantirildi.  

20. "Yuventus"da o'zgarish: Remzi o'rniga Danilo tushirildi. 

18. Hakam holatni VARda ko'rdi va Kastrovillining oyog'iga tik holatda zarba bergani uchun Kuadradoga qizil ko'rsatdi. 

16. Kuadrado o'ta qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi.

14. Vlaxovich Bonuchchining qo'pol xatosidan so'ng oldinga bordi, ammo o'zi ham noto'g'ri pas berib, xato qildi.

12. Uuuxx!  Morataning Ronaldu tomon havolatib amalga oshirgan uzatmasini Kaseres bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, aks holda "Ronaldo Air" ishga tushardi. 

10. Turinliklar to'pga egalik qilishmoqda, ammo hozircha yuqori tezlik namoyish etib, hujumga o'tishmayapti. 

8. "Fiorentina" bosim o'tkazmoqda. Stadionda muxlislarning yo'qligi mehmonlarga foyda, mezbonlarga zarar bo'lmoqda.

6. "Yuve"da standart vaziyat. Ronaldu tepgan to'p mehmonlar vakilidan birining qo'liga tegdi (ammo hakam indamadi), yana bir rikoshet – va burchak to'pi.

4. Mezbonlar hozircha to'p yo'qotishlar va kichik follardan boshqa narsa sodir etishmadi.

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Vlaxovich qulay vaziyatdan unumli foydalandi!  Uni Riberi ajoyib pas bilan taminlagandi – 0:1!  

1. O'yinga start berildi!

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 14-turida "Yuventus" "Alyanc Stedium"da "Fiorentina"ni mehmon qiladi. Ushbu uchrashuvni siz azizlar bilan birgalikda tomosha qilamiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика