So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  4 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

A Seriya. "Yuventus" "Verona" bilan durangga imzo chekdi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" "Verona" bilan durangga imzo chekdi

Italiya chempionati 24-turidan o'rin olgan bash matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Verona – Yuventus 1:1 

«Mark Antonio Bentegodi»

Gollar: 0:1 – 49 Ronaldu, 1:1 – 77 Barak.

Verona – Silvestri, Dimarko (Lazovich, 52), Manyani, Gyunter, Faraoni (Davidovich, 84), Barak, Ilich (Velozu, 46), Zakkani (Bessa, 84), Sturaro (Ronaldu Vieyra, 68), Lovato, Lazanya.

Yuventus – SHensni, Demiral, Aleks Sandro, de Ligt, Kulusevski, Rabo, Bentankur, Keza (Di Pardo, 86), Remzi (Makkenni, 68), Bernardeski, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Remzi (18), de Ligt (33), Barak (45), Davidovich (90).

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Davidovich Ronalduga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

86. "Yuventus"da almashtirish: Keza o'rniga Di Pardo maydonga tushdi.

84. "Verona"da 2 ta o'zgarish: Faraoni o'rniga Davidovich, Zakkani o'rniga Bessa o'yinni davom ettiradi. 

80. Krishtianu Ronaldu Zakkaniga nisbatan qoidani buzdi.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Lazovichning uzatmasidan keyin Barak bosh bilan gol urdi – 1:1! 

73. Demiral o'z sherigini pas bilan taxminlashni istadi, biroq buni juda kuchli bajardi.

72. Adrien Rabo Zakanniga nisbatan qoidani buzdi, hakam vao'iyatni beetibor qoldirmadi.

69. Bernardeskining xavfli uzatmasini himoyachilar uzoqlashtirishdi. 

68. "Yuventus"da o'zgarish: Remzi o'rniga Makkenni tushdi. 

68. "Verona"da o'zgarish: Sturaro o'rniga Ronaldu Vieyra tushirildi. 

67. Ronalduning olisdan yo'llagan zarbasi Silvestri tomonidan qaytarildi. Tasanno! 

62. Migel Velozuning zarbasidan so'ng SHensni mahorat ko'rsatib, seyv namoyish qildi.

59. Zarba!  Rodrigo Bentankurning zarbasi kutilganidek chiqmadi, yani uning zarbasi to'sib qo'yildi.

57. Migel Velozu ajoyib uzatmani namoyish etdi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

54. Faraonining olis masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

52. "Verona"da almashtirish: Dimarko o'rniga Lazovich o'yinga qo'shildi. 

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Kezaning qulay pasidan keyin Ronaldu o'tkir burchkani nishonga olib, hisobni ochdi – 0:1!

46. "Verona"da o'zgarish: Ilich o'ringa Velozu tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Barak Aleks Sandroni yiqitdi va ogohlantirish oldi. 

43. Faraonining yaxshi o'ylangan uzatmasi juda noaniq ketib qoldi. 

41. SHensni bilan hammasi joyida. O'yin davom etadi. 

39. Lazanya katta tezlikda oldinga bordi, u himoyachilarni aldab o'tmoqchi edi, ammo bu paytda darvozabon SHensni ham darvozasidan chiqib kelgandi. Hujumchi ehtiyotsizlik tufayli u bilan to'qnashdi, endi SHensniga tibbiy yordam ko'rsatiladi.  

37. Zakkani Bentaknur va Rabo qurshovida qolib ketib, oyog'idan biroz lat edi. 

34. Dimarko jarimadan to'pni ichkariga oshirib berdi, Faraonidan bosh bilan zarba!  "Verona" sardorining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

33. De Ligt qo'pol harakati bois ogohlantirildi. 

31. Lazanya hujumda de Ligtga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

28. To'p nazorati "Yuventus"da. Turin klubi vaziyat yaratish niyatida hujumga o'tmoqda.

25. Krishtianu uzun pas orqali to'p bilan taminlandi. Uning kuchli zarbasi darvozaning chap ustuni olidan o'tib ketdi.

23. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 44%,– 56%.

20. "Verona" o'z o'yinini topib olib, to'p nazoratini o'z qo'liga oldi. 

18. Remzi Zakkanini yiqitib, taktik folga qo'l urdi va hakam tomonidan jazolandi.

17. Deyan Kulusevski Dimarkoga nisbatan qoidani buzdi. 

14. Marko Silvestridan qanday ajoyib seyv! Federiko Keza himoyachilarni aldab o'tdi va yaqin masofadan darvozani nishonga oldi, kiper jamoasini qutqardi.

11. De Ligt "podkat" tashladi, Fabio Mareska qoida buzish qayd etdi. "Verona" jarimadan foydalanadi.

7. Uuux!  Marko Faraoni qanotdan uzatilgan to'pdan so'ng bosh bilan zarba yo'lladi, chakki emas. Darvozabonning omadi keldi va to'p darvoza ustuniga tegdi.

4. Matteys de Ligt aniq pasni qabul qildi va darvoza tomon zarba yo'lladi, Marko Silvestridan qoyilmaqom seyv! 

2. Zarba!  Aaron Remzi jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, kuchli zarba berdi, ammo noaniq. 

1. O'yin boshlandi! 

- Assalomu alaykum, qadri futbol ishqibozlari! Bugun Italiya A Seriyasi 24-turida "Yuventus" "Verona" mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuvni yaiqn 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика