So’nggi yangiliklar

23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  1 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  0 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  61 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  9

A Seriya. Ronaldu "Yuventus"ni 3-o'ringa olib chiqdi Yangiliklar

A Seriya. Ronaldu "Yuventus"ni 3-o'ringa olib chiqdi

Italiya chempionati 34-turidan o'rin olgan "Udineze" – "Yuventus" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Udineze – Yuventus 1:2 

«Friuli»

Gollar: Molina 10' – penalti Ronaldu 84', 90'

Udineze – Skuffet, Molina, Nyuytink (Aueyan, 90+2), Bonifaci (Samir, 84), Larsen, Uolas, de Paul, Pereyra, Arslan (Foresteri, 72), Rodrigo Bekao, Okaka CHuka.

Yuventus – SHensni, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Aleks Sandro, Kuadrado (Korrea, 86), Makkenni (Rabo, 86), Bentankur, Bernardeski (Kulusevski, 59), Dibala (Morata, 66), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Arslan (44), Perreyra (55), de Paul (81).


Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. "Udineze"da o'zgarish: Nyuytink o'rniga Aueyan tushdi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ronaldu!!!!!  Krish bosh bilan gol urib, "Yuventus"ni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2!

88. Bentankur Uolasga nisbatan qoidani buzdi, hakam bunga befarq bo'la olmadi. 

86. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Makkenni o'rniga Rabo, Kuadrado o'rniga Korrea o'yinni davom ettiradi.

84. "Udineze"da almashtirish: Bonifaci o'rniga Samir tushdi. 

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldu penaltini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1

82. Penalti!  Ronalduning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi jonli devordagi de Paulning qo'liga tegdi. Unga sariq kartochka berildi. 

81. Kuadrado jamoasi foydasigi jarima zarbasi ishladi, to'p yoniga Ronaldu yaqinlashdi. 

80. Kuadrado Kulusevskiga qulay pas taqdim etdi, ammo Kulusevskining zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

79. Sandroning kuchli pasini Bekar qaytarishga erishdi. 

76. Bemalol aytish mumkinki, "Yuventus"ning o'yini juda abgor holatda. 

74. Makkenni to'pni yo'qotdi va "Udineze" qarshi hujumga o'tib ketdi. Yakunda mezbonlar burchak to'pi ishlashdi. 

72. "Udineze"da o'zgarish: Arslan o'rniga Foresteri o'yinni davom ettiradi. 

69. Qanotdan oldinga intilgan De Paul qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi, Bonuchchi – aybdor. 

66. Uuuux!  Larsen darvoza to'qqizligini nishonga oldi, biroq noaniq. 

66. "Yuventus"da almashtirish: Dibala o'rniga Morata tushdi. 

63. Makkennining zarbasi manzilga aniq etib bormadi. 

62. De Paulning pasi Sandro tomonidan qaytarildi, "Yuve" hujumga o'tadi. 

59. Zarba!  Ronalduning erlatib tepgan zarbasi Skuffetga qiyinchilik tug'dirmadi.  

59. "Yuventus"da o'zgarish: Bernardeski o'rniga Kulusevski o'yinga qo'shildi. 

57. Dibalaning burchakdan uzatgan to'pi Uolas tomonidan bartaraf etildi. 

55. Perreyra Kadrudoga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

54. Ronalduning chap oyoqda yo'llagan zarbasi zarbaga o'xshamadi va narigi qnotaga ketib qoldi, "aut". 

52. Uuuux!  Arslanning xavfli zarbasi o'tkir burchak tomon yo'naltirildi, sal noaniq. 

51. De Paulning havolatib uzatgan pasidan keyin Danilo to'pni uzoqlashtirdi.  

49. "Yuventus"ning uzoq vaqtdan beri tashkil etayotgan hujumi Dibalaning xatosi tufayli poyoniga etdi. 

47. Okakada yaxshi vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq u ofsaydda qoldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

44. Arslan Kuadradoga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

41. Dibalaning xavfli ko'rinish olishi mumkin bo'lgan zarbasi "bloklandi" va manzilga etib bormadi. 

38. Krishtianu Ronalduning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

36. Molinaning uzatmasi Danilo tomonidan uzoqlashtirildi. 

34. Paulo Dibalaning olis masofadan bergan zarbasini Skuffet qaytardi. 

31. Sandro Okakani qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi, hakam Sandroni kechirdi va ogohlantirmadi. 

29. Krishtianu Ronaldu Bonifaziga nisbatan qo'pol o'ynadi, ammo hakam o'yinni davom ettirish lozimligini tushuntirdi.

27. Rodrigo Bentankurning darvoza tomon yo'llagan zarbasi rikoshet orqali yo'nalishini o'zgartirdi. 

25. Dibalaning burchakdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Okaka to'pni qaytardi. 

24. Okaka to'pni qo'l bilan o'ynagani bois hakam o'yinni to'xtatdi. 

22. Kuadradoning uzatmasini Nyuytink bartaraf etdi. 

19. To'p nazorati "Yuventus"da. Statistikaga ko'ra, 45% - 55%. 

17. Makkenni Molinaning oyog'iga terdi, hakam jarima qayd etdi,  Makkenni hujumda fol ishlatdi.

14. Arslan "podkat" qo'llab, Kuadradoni yiqitdi, hakam hushtagi chalindi. 

13. "Yuventus" to'pga egalik qilgan holda vaziyat yaratishga harakat qilmoqda.  

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Molina "Yuventus" darvozasini ishg'ol qildi – 1:0! 

8. Bernardeskining pasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi, "Yuve" burchak to'pi ishladi. 

6. Larsen o'yindagi dastlabki zarba muallifiga aylandi, SHensni o'z o'rnida! 

5. Bentaknurning ichkariga uzatmasi noaniq ko'rinish oldi. 

3. Makkenni de Paul bilan to'p uchun kurash olib bordi, ammo qoidani buzdi.

2. Xuan Kuadrado Tolgay Arslanga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

1. O'yin boshlandi! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 34-turida "Udineze" – "Yuventus" to'qnashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика