So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  7 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  5 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  32 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

A Seriya. SHomurodov asosiy tarkibda tushgan bahsda "Roma" ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov asosiy tarkibda tushgan bahsda "Roma" ishonchli g'alabaga erishdi

Italiya A Seriya 38-turida "Torino" - "Roma" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Torino" – "Roma" 0:3
Gollar
: 0:1 – 33 Abraxam, 0:2 – 42, penalti Abraxam, 0:3 – 78, penalti Pellegrini.

"Torino" – Berisha, Ayna, Rodriges (Buondjorno, 46), Lukich, Zima, Ansaldi (Sek, 46), Prat, Brekalo (Pyaca, 46), Pobega, Richchi (Mandragora, 84), Belotti (Pellegri, 68).

"Roma" – Ruy Patrisiu, Manchini, Kumbula, Rojer, Spinaccola (Vinya, 83), Zalevski (Karsdorp, 58), Serjiu Oliveyra (Kristante, 58), Veretu, Pellegrini (El-SHaaravi, 82), SHomurodov (Dzanolo, 76), Abraxam.

Ogohlantirishlar: Rojer (20), Ansaldi (21), SHomurodov (76), Buondjorno (78).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90-daqiqa. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida hisob o'zgarmadi va "Roma" muhim g'alabani qo'lga kiritdi.  

78-daqiqa. GOOOOOOL! Pellegrini o'n bir metrlik zarbadan to'pni darvoza to'riga yo'lladi.   

Yana PENALTI! Hozirgina maydonga tushgan Zanoloni himoyachi quchoqlab oldi va qo'yvorgisi kelmagani sabab, hakam nuqtaga ishora qilishga majbur bo'ldi. 

76-daqiqa. O'zgarish! Aynan shu epizoddan keyin Nikolo Zanolo aynan O'zbekiston terma jamoasi forvardini alishtirdi. 

76-daqiqa. Ogohlantirish! Eldor SHomurodov raqibini ochiqchasiga ushlab qolgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.   

75-daqiqa. Bu orada Pellegrini maydonga qaytdi.  

Nikolo Zanolo maydonga tushishga tayyor va Mourdan oxirgi ko'rsatmalarni olmoqda. 

74-daqiqa. Pellegriniga nisbatan ochiqchasiga qo'pol o'ynashgani takroriy lavhada ko'rindi.   

72-daqiqa. SHomurodovdan aqlli qaror. Hamyurtimiz bir nechta raqib qurshovida bo'lishiga qaramay, bosiqlik bilan to'pni o'zida ushlab turdi va raqiblaridan birini qoida buzishga majbur qildi.   

69-daqiqa. Ikkinchi bo'limdagi "cooling break".  

68-daqiqa. O'zgarish! Andrea Belotti o'rnini Petro Pellegriga bo'shatib berdi.   

67-daqiqa. SHomurodov o'ziga berilgan imkoniyatdan imkon qadar unumli foydalanib, o'zini ko'rsatishga urinmoqda. Hamyurtimiz ancha faol.  

Hammasi joyida, Eldor maydonga qaytdi. 

61-daqiqa. Lorenco Pellegrini hujumga o'tgandi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

60-daqiqa. Eldor SHomurodov jarohat olmadimi ishqilib? Futbolchi maydonni tark etdi va shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda.  

58-daqiqa. O'zgarishlarNikola Zalevskiy va Serjiu Oliveyra o'rniga Rik Karsdorp hamda Brayan Kristante o'yinga qo'shildi.   

54-daqiqa. Ola Aynaning uzatmasidan keyin Kumbula to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.  

48-daqiqa. "Torino" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

Bo'limdagi birinchi xavfli vaziyat esa Eldor SHomurodov ishtirokida yuzaga keldi. Biroq himoyachi Eldorning zarbasidan keyin to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ayni shu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlanganligi haqidagi hushtagi chalindi. 

45+2-daqiqa. "Torino"ning yana bir urinishida chinakamiga xavfli zarbachaga ish etib bormadi.  

45+1-daqiqa. SHomurodov to'pni qabul qilib olgandi, biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Belotti hujumda fol ishlatdi. Buyog'iga "Roma" futbolchilari to'pni o'yinga kiritishga shoshilishmayapti.  


42-daqiqa. GOOOOL! Zarbani Abraxamning o'zi amalga oshirdi va kiper qanchalik urinmasin, jamoasini qutqara olmadi. 

41-daqiqa. PENALTI! Jamoaviy bosim oqibatida himoyachi to'pni darvozabonga oshirishga majbur bo'ldi, u erda esa Temmi chaqqonroq harakat qilib, Berishani qoidani buzishga majbur qildi.  

39-daqiqa. SHomurodov qanotda to'pni qabul qildi bir raqibini chalg'itib, markazroqdagi Pellegrinini ko'rdi, Lorenco esa to'pni Serjiu Oliveyraga zarba berishi uchun qoldirgandi, biroq portugaliyalikning urinishi umuman o'xshamadi.  

37-daqiqa. Ola Ayna o'ng qanotdan markazga qarab yurdi va zarba berdi, lekin mo'ljalda biroz adashdi.  

35-daqiqa. Hisobda oldinga chiqib olgach, "Roma" nisbatan erkinroq harakat qilishi turgan gap. O'z navbatida "Torino" bunday vaziyatda qanday reakciya bildirishi qiziq. 

33-daqiqa. GOOOOOOL! Temmi Abraxam hisobni ochdi. Lorenco Pellegrini hisobiga assist yozdirib qo'ydi.  

32-daqiqa. Pellegrini to'pni maydon tashqarisiga chiqib ketishini kutgandi, ammo oqibatda yo'qotdi.  

31-daqiqa. "Torino"ning chiroyli hujumi Andrea Belottining kuchli zarbasi bilan yakunlandi, ammo biroz noaniq.  

30-daqiqa. Pressingda faol va foydali harakat qilgan Eldorning keyingi epizoddagi uzatmasi noaniq chiqdi.  

27-daqiqa. Ola Aynaning faolligidan keyin mezbonlar to'pni o'zlariga qaytarib olishdi va yakunda Yosip Brekalo zarba berdi, biroq Ruy Patrisiu o'z o'rnida.  

25-daqiqa. Hakam hushtak chalib, o'yinni to'xtatdi va futbolchilar suv ichib olishi uchun sharoit yaratib berdi.  

21-daqiqa. Ogohlantirish! Kristian Ansaldi kartochkalar bo'yicha hisobni ham tenglashtirib qo'ydi. 

20-daqiqa. Ogohlantirish! Rojer Ibanes qo'polligi tufayli sariq kartochka ishlab oldi.  

19-daqiqa. "Roma" yana bir burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq himoyachilarga yordamga qaytgan Belotti boshi bilan to'pni qaytarib yubordi.  

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 58% - 42% "Torino" foydasiga.

15-daqiqa. Rimliklarning navbatdagi urinishi samarasiz yakunlandi. 

13-daqiqa. Pellegrini jarima maydoniga yaqinlashib o'zi zarba berishga qaror qildi, ammo urinishi juda noaniq chiqdi. 

11-daqiqa. "Torino"ning hujumi noaniq uzatma sabab oxiriga etmay qoldi.

Burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llayshga mehmonlar imkon topa olishmadi.  

7-daqiqa. Eldor faol ishtirok etgan hujumni hamyurtimizning o'zi yakunlab berishi mumkin edi, ammo himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

6-daqiqa. Zarbani "jonli devor" o'ziga qabul qildi. 

5-daqiqa. "Torino"ning birinchi xavfli hujumi bo'lishga yaqin kelgandik. Ammo to'p bilan ancha oldinga o'tgan Belottini oxiri qoidani buzib, to'xtatib qolishdi. Jarima zarbasi belgilandi.   

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki klub asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 

CHempionatning oxirgi qismida omadsizliklarga uchragan "Roma" bugun hech bo'lmasa oltinchi o'rinni berib qo'ymaslik uchun ham harakat qiladi.  

Bilib ulgurganingizdek, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi.  

"Torino" - "Roma"

20 may, 23:45. «Olimpiko di Torino»

Torino

Serie A . 38-tur

21/05/2022, 00:45

3
:
0
Tugadi

Roma

Tammy Abraham - 33', Tammy Abraham - 42', Lorenzo Pellegrini - 78'

Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 16730 tomoshabin

Bosh hakam: Massimiliano Irrati

45'
90'
21'  Cristian Daniel Ansaldi
46'  Ricardo Rodriguez (Alessandro Buongiorno)
46'  Josip Brekalo (Marko Pjaca)
46'  Cristian Daniel Ansaldi (Demba Seck)
68'  Andrea Belotti (Pietro Pellegri)
78'  Alessandro Buongiorno
84'  Samuele Ricci (Rolando Mandragora)
20'  Roger Ibanez
33'  Tammy Abraham
33'  Lorenzo Pellegrini
42'  Tammy Abraham
58'  Sergio Oliveira (Bryan Cristante)
58'  Nicola Zalewski (Rick Karsdorp)
76'  Eldor Shomurodov
76'  Eldor Shomurodov (Nicolo Zaniolo)
78'  Lorenzo Pellegrini
82'  Leonardo Spinazzola (Matias Vina)
82'  Lorenzo Pellegrini (Stephan El Shaarawy)

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика