A Seriya sobiq hakami “Yuventus”da ish boshladi. Uning 2012 yil “Kataniya”ga qarshi bahsdagi qarori etirozga sabab bo'lgan
25 iyu 2022 08:40
Yangiliklar
A Seriya sobiq hakami “Yuventus”da ish boshladi. Uning 2012 yil “Kataniya”ga qarshi bahsdagi qarori etirozga sabab bo'lgan
A Seriyada qanot arbitri sifatida faoliyat olib borgan Luka Majani “Yuventus”da ish boshladi.
Italiyalik sobiq laynsmen “Yuve”da hakamlik bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanadi, qolgan tafsilotlar esa ochiqlanmagan.
Etiborlisi, 2012 yil Majani “Yuventus” ishtirokidagi o'yinda “Kataniya”ning goli bekor qilinishiga sababchi bo'lgandi. Avvaliga bosh hakam golni qayd etgan, ammo qanot arbitri bilan suhbatdan keyin qarorini o'zgartirgandi. Mazkur bahsdan so'ng esa “Kataniya” prezidenti Antonio Pulvirenti Luka Majanini turinliklarga muxlislik qilishda ayblagandi. Biroq, Italiya hakamlar associaciyasi buni rad etgan.
Fikrlar