A Seriya. Shomurodov gollar bo'yicha Dibala va Sanches bilan tenglashib oldi

Eldor Akmurzayev
6 yanv 2021, 20:45
Ayni daqiqalarda Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan “Sassuolo” – “Jenoa” bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvning 64-daqiqasida genuyaliklar forvardi Eldor Shomurodov boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol etgan holda hisobni tenglashtirdi. Bu Eldorning chempionatdagi 2-goli bo'ldi va u xuddi shunday natijaga ega Aleksis Sanches (“Inter”), Paulo Dibala (“Yuventus”) hamda jamoadoshi Janlukka Skamakka bilan tenglashib oldi.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov o'tgan o'yinda assistga erishgandi. U bugun chempionatda 10-uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia