So’nggi yangiliklar

23:45А Серия. Чемпион "Интер" "Сассуоло" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  23 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  80 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  5 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  5 23:00Саудия Арабистони чемпионати. Роналду ва Мане бошчилигидаги "Ал Насср" ўз уйида "Ал Веҳда"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  2 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  4 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11 20:57Беларусдаги футбол ўйини 50:0 ҳисобида якунланди  5 20:35Суперлига. "Сўғдиёна" пешқадам "Андижон"ни "Бобур Арена"да мағлубиятга учратди  93

A Seriya. "Roma"ni engolmagan "Napoli" peshqadamlikni "Milan" bilan bo'lishadigan bo'ldi Yangiliklar

A Seriya. "Roma"ni engolmagan "Napoli" peshqadamlikni "Milan" bilan bo'lishadigan bo'ldi

Teglar :  RomaNapoli
Italiya chempionati 9-turidan o'rin olgan "Roma" – "Napoli" bahsi yakunlandi.

Roma – Napoli 0:0

21.00, «Stadio Olimpiko»

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (El-SHaaravi, 66), Veretu, Kristante, Pellegrini, Dzanolo, Abraxam (SHomurodov, 86).

Napoli – Ospina, Di Lorenco, Kulibali, Rraxmani, Mariu Ruy, Zelinski (Elmaz, 71), Fabian Ruis, Zambo-Angissa, Insine (Mertens, 81), Politano (Losano, 71), Osimxen.

Ogohlantirishlar: Abraxam (30), Veretu (90), Karsdorp (90), Mertens (90), Manchini (90).


YANGILASH


90+7. Uchrashuv yakunlandi. "Napoli"ning g'alabali seriyasi, "Roma"ning esa asablari buzildi.

90+4. So'nggi daqiqalar yana asabiy ruhda o'tmoqda. Hakam tezroq o'yinni yakunlamasa, karate musobaqasi boshlanib ketadi. Hakam sariq kartochkasini cho'ntagiga solmay yursa ham bo'laveradi.

90+1. Karsdorp autdan jarima maydoniga oshirdi, SHomurodov raqibiga to'pni uzatgandi, biroq himoyachilar to'pni qaytardi.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Roma" burchak zarbasi amalga oshirdi, biroq darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb topildi.

88. Gol."Napoli" hichobni ochdi, biroq hakam ofsayd qayd etdi. Tan olish kerak, Osimxen bugun gol urishga loyiq edi.

86. O'zgarish: Abraham o'rniga SHomurodov maydonga tushdi.

84. "Roma" qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va sal qolsa, "Napoli" jazolab qo'yishi mumkin edi. Himoyachi darvozabonga noqulay uzatma berdi, darvozabon ham to'pni tepa olmadi, Ruining sho'ri qurishiga bir bahya qoldi.

81. "Napoli"da o'zgarish: Mertens Insineni almashtirdi.

81. CHETLATISH. Mourinyu ikkinchi sariq kartochkani oldi hamda maydondan chetlatildi. Endi Eldorni ham ko'rmaymiz, shekilli.

78. Veretu uzoq masofadan darvozani nishonga olishga harakat qilgandi, ammo "Napoli" mudofaachilari to'pni darvoza yaqiniga ham yo'latishmadi.

75. Bugun barchadan ko'ra Mourinyu ko'proq ko'zga tashlanmoqda.

72. XAVFLI VAZIYAT! Nihoyat "Roma" qulay vaziyat yuzaga keltirdi. Pelligrinining jarima zarbasidan oshirgan to'pini Manchini boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi. Gol bo'lishiga santimetrlar etmadi. Manchini matematikadan beshga o'qisang bo'lmaydimi...

70. "Napoli"da ikki o'zgarish: Politano o'rniga Lozano, Zelinski o'rniga Elmas safga qo'shildi.

69. Mehmonlar to'pni nazorat qilmoqda. Raqibga to'p berish niyati yo'q.

66. "Roma"da o'zgarish. Mxitaryan o'rniga El-SHaaravi o'yinga qo'shildi. Biz boshqa futbolchini kutgandik.

65. Nihoyat rimliklardan zarba ko'rdik. Mxitaryanning zarbasi kuchli chiqmadi.

64. "Napoli"dan yana bir xavfli hujum. "Roma" futbolchilarining yuziga suv-puv sepib yuboringlar yoki qafasdagi "bo'ri"ni qo'yib yuboringlar. Qachongacha bunday o'yin namoyish etish mumkin?!

60. XAVFLI VAZIYAT! "Napoli" golga juda-juda yaqin kelgandi. Kombinaciya natijasida mehmonlar hujumchilari posbon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. "Roma" mo'jiza tufayli goldan omon qoldi. Vinya darvozaga noqulay urildi lekin. Darvoza siltanib ketdi.

56. Zambo-Angissa "Roma" jarima maydonida yiqildi. Penalti haqida hech qanday gap yo'q.

56. "Roma" hujum uyushtirishini kutayotgan muxlislar tush ko'rishni boshlab yuborishgan bo'lsa, ajabmas.

54. Mxitaryan hujum vaqtida to'pni yo'qotdi hamda qoida buzishga majbur bo'ldi.

52. "Roma" jarima maydoni yaqinida raqib futbolchisi yiqitildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

50. Ustunlik asta-sekin yana "Napoli" tarafga o'tmoqda.

48. Zaniologa nisbatan qo'pollik ishlatildi.

46. "Napoli" tezkor hujum bilan boshladi. Insene uzatgan to'pga Politanoning bo'yi kaltalik qildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ikkinchi bo'lim boshida SHomurodov maydonga tushishini kutgandik. Yo'q, Abraxamning salomatligi joyida.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

45+3. So'nggi daqiqalar asabiy ruhda o'tmoqda. Ketma-ket jamoalar bir-birlarini "chopishmoqda". 

45+1. Osimxenga qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin edi. VAR buni inkor etdi.

45. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Zarba! "Napoli" futbolchisi yana Patrisiuni sinovdan o'tkazdi. "Roma" himoyachilari tushlik qilishmagan ko'rinadi.

44. Mxitaryanning uzatmasiga Useyn Bolt ham etolmasdi.

43. Ustunlik asta-sekin mehmonlar tomonga o'tmoqda. "Roma" esa asabiylashmoqda.

42. ZARBA! Insine! CHap qanotdan to'pni qabul qilib olgan hujumchi o'ziga qulay vaziyat yaratib, zarba yo'lladi, biroz noaniq.

40. Osimxen!!! Yana raqib mudofaachilaridan qochib ketdi va noqulay vaziyat bo'lishiga qaramay, zarba bera oldi. Hakam esa o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

38. "Napoli"da yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Insine oshirgan to'pga Osimxen eta olmadi, aks holda xavfli vaziyat yuzaga kelardi.

36. Mehmonlar jiddiy hujum tashkil qildi. Biroq ofsayd qayd etildi.

33. "Roma" yaxshi hujum tashkil qildi. O'ng qanotdagi faollik natijasida jarima maydonchasi ichkarisidagi Abraham to'p etkazildi, ammo neapolliklarning chaqqon himoyachilari vaziyatni bartaraf etishdi.

O'zbek ishqibozlari Abrahamning jarohat olishini xohlaydimi yoki jarohat olmasligini? Bu ham qiziq.

29. Abraham shikastlangan ko'rinadi, shomurodov mashg'ulotlarga kirishdi. Lekin u maydonga qaytdi. So'ramasdan maydonga tushgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

28. XAVFLI VAZIYAT! ABRAHAM! Maydon markazida to'pni olib qo'ygan "Roma" futbolchisi Temmini raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi, uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

26. Ikkala jamoa ham asosan, o'ng qanotdan hujum uyushtirmoqda. Navbatdagisini rimliklar amalga oshirishdi, biroq samarasiz yakunlandi.

23. "Napoli" yana o'ng qanotdan hujum tashkillashtirdi hamda burchak zarbasi ishlab oldi.

20. Jarima zarbasi biroz noaniq ketdi. 

19. "Roma" jarima maydoni yaqinida o'yin qoidasi buzildi. Vina hakam tomonidan ogohlantirildi.

17. Zaniolo yana o'ng qanotdan oldinga tashlandi hamda jarima maydoniga to'pni etkazdi. Ospina esato'pni ilib oldi.

15. "Roma" uzatmalarida yana noaniqliklar ko'zga tashlanmoqda. Nimaga shoshilasan deydigan odam yo'q.

14. Osimxen qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

13. "Napoli" burchak zarbasi amalga oshirdi, qandaydir tushunmovchilik yuzaga keldi. Qaytadan uzatilgan to'p esa qaytarildi.

12. "Roma" tezkor hujum qilishga urinmoqda, biroq paslarning barchasi aniq chiqmayapti.

9. Zaniolo o'ng qanotdan oldinga borib, ichkariga to'pni uzatdi, himoyachilar esa to'pga devor bo'lishdi. Yana bir burchak zarbasi.

7. ZARBA! O'ng qanotdan boshlangan hujum natijasida jarima maydoni ichida Pelligrini to'pni qabul qilib oldi hamda to'pni o'ziga to'g'rilab olib, darvoza tomon zarba berdi. "Roma" burchak zarbasi ishlab oldi.

6. "Napoli" hujum tashkillashtirdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Patrisiu ushlab oldi.

4. "Roma" yana markazdan hujum tashkil qildi, kombinacion hujum vaqti Abraham va Pelligrini bir-birini tushunmay qoldi, natijada to'p yo'qotildi.

2. Xavfli vaziyatga yuzaga kelishi mumkin edi. Maydon markazidan Abraham darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi, unga uzatilgan to'p futbolchining tovoniga tegib ortga qaytdi.

1. O'yinni "Napoli" futbolchilari boshlab berdi.

Uchrashuv atmosferasi yuqori darajada. O'ylaymizki, biz kutayotgan zaxiradagi "bo'ri" bugun samarali ovga chiqadi.

O'zaro so'nggi 20 bahsning 8 tasida "bo'rilar" zafar qozongan bo'lsa, 10 uchrashuvda mehmonlar ustun kelishgan. Yana ikki o'yin durang natija bilan yakunlangan.

Krishtianu Ronalduning personal muxlislariga ham ushbu uchrashuvni tomosha qilishni maslahat bergan bo'lardim.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uch uchrashuvda neapolliklarning qo'llari baland kelgan. Ko'ramiz, poytaxt jamoasi alamlarini ushbu uchrashuvdan ola bilisharmikan...

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida qiziqarli italyancha derbi guvohi bo'lamiz. O'zbekistonlik futbolchi Eldor SHomurodov uchrashuvni zaxirada boshlaydi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика