So’nggi yangiliklar

07:56Суперлига. Бугун Наманганда супер тўқнашув бор  0 07:24Бугун Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги юришини бошлайди  3 01:46Сунъий интеллект "Олтин тўп" номзодларини ўзбек клублари либосларида тасвирлади  6 01:32Бундеслига. "Боруссия" Д ишончли ғалабага эришди  0 01:09Ўзбекистон термасининг Нидерландияга қарши ўйинолди машғулоти ГАЛЕРЕЯ  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" 90+9-дақиқада мағлубиятдан қутулиб қолди  4 00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  6 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  13 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  6 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   14

A Seriya oltin davrining eng shafqatsiz himoyachisi Yangiliklar

A Seriya oltin davrining eng shafqatsiz himoyachisi

Keskin o'ynovchi, qo'pol, natija uchun barcha ishni qiladigan, ammo o'ziga xos g'urur qoidalariga amal qiluvchi futbolchi haqida.

Bir nechta jurnalistlar Paolo Monteroga etib olishga harakat qilsada, u kasalxonaning orqa eshigidan chiqib ketdi.

— Pessotto o'ziga keldimi? U sizlarga nima dedi? U o'zini o'ldirishga urindimi?
— 
Qo'pollik qilmoqchi emasman, lekin bu sizning ishingiz emas, — javob berdi Montero.

Qorong'u edi. Kunlar soviy boshlagandi. Paolo jimgina uzoqlarga tikilib, so'ng yana kasalxonaga qaytdi. "Montero uzoq yo'l bosib, Janluka bilan uchrashish va shunchaki uning yonida bo'lish uchun Urugvaydan kelishini hayolimga ham keltirmagandim. U ajoyib inson", — deydi Pessottoning turmush o'rtog'i Riana. 2006 yil 27 iyun kuni sobiq o'yinchi, "Yuventus"ning o'sha vaqtdagi xodimi Janluka Pessotto klub ofisining ikkinchi qavatidan yiqilib tushgan edi. Pessotto mashinaning ustiga tushgan va og'ir jarohatlangan edi.


Pessotto ikki yildan keyin "Eng muhim o'yin" kitobida o'z fikrlari bilan bo'lishdi. Faoliyatini yakunlaganidan so'ng tushkunlikka tushib qoldi. Bundan tashqari, o'sha yili Kalchopoli janjali va oilasi bilan bog'liq muammolar uning qaddini yana ham bukib qo'ydi. U tunda uyqusizlikdan qiynalsa, kunduzi ko'ngli xira bo'lib, kayfiyatsiz yurardi. Pessotto shunday eslaydi: "Mineral suv oldim. Menga berilgan qaytimga giyohvand modda sepilgan ekan. Ular meni chuv tushurmoqchi bo'lgan. Buni qarangki, policiya pistirmasi ham o'sha atrofdagi butalar orasida ekan. O'tib ketayotgan mashinalar biridan ayol shunday deb baqirdi: "Seni dahshatli yakun kutmoqda!" Eng qizig'i, u meni qaynonamga o'xshab ketdi.

Pessottoning hayollari chalkash bo'lib ketgandi. U eslagan oxirgi narsasi, xonasini yopib, qo'rqib chiroqni o'chirdi. Ko'zini ochganda esa, kasalxonada edi.
Montero birinchi reys bilan Turinga uchib ketdi. Urugvaylik Janluka bilan yaqin do'st emasdi. Biroq ich-ichidan uning yonida bo'lishim kerak deb o'yladi. Paolo kuniga bir necha martalab Pessottoning yoniga kelar va yonida o'tirardi. SHifokorlar Janlukaga Montero kelgani haqida aytishganida, beixtiyor uning yuziga tabassum yugurardi.
"Janluka menga muhtoj ekan, doim yonida bo'laman", — deydi Paolo. Pessotto o'ziga kelmaguncha u Urugvayga qaytib ketmadi.

"Pessotto bilan bu voqea yuz berib, men Janlukaning yoniga borganimda Urugvayda hech kim bundan hayratlangani yo'q. Italiyadagilar esa aksincha. Menimcha, odamlar agar futbolchi maydonda shafqatsiz bo'lsa, unda hayotda ham shunday ekan deb o'ylashsa kerak. Bu meni ranjitdi. Balki futbolda shundaydirman, ammo hayotda umuman boshqa insonman. Futbol — bu ikkiyuzlamachilar dunyosi: biz cherkovga boramiz desak ham, ertalab yana o'g'rilik qilaveramiz", — degandi suhbat vaqtida Montero.

Faoliyati davomida ko'pchilik Paoloni yomon ko'rardi va bunga bir qancha sabablar ham bor edi. 13 yil davomida Montero Italiya chempionatida 16ta qizil kartochka olgan. Bu rekordni hali hech kim yangilagani yo'q. Urugvaylikning bazi qo'polliklarini atayin qilgani va hattoki, bundan ko'proq zarar etkazishni xohlagani ko'rinib turardi. Paoloning maydondagi shafqatsizligi avloddan avlodga ham o'tgandi. Uning otasi ham juda qo'pol va shafqatsiz markaziy himoyachi bo'lgan.

Xulio Montero JCH-1974da Gollandiya termasiga qarshi o'yinda chetlashtirilganidan so'ng, ko'pchilikning yodida qolgan. Kruiff o'shanda sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushgan, Rep dubl qilgan, murabbiy Mixels esa bahsni shunday gap bilan yakunlagan: "Asosiysi, bizdan hech kim bekor qolib ketgani yo'q". Montero futbolchilik faoliyatini "Penyarol"da boshlagan. U bolaligidan bu klubga muxlislik qilgan. Biroq o'sha klub otasi to'p tepadigan jamoaning asosiy raqibi edi: Xulio Montero "Nasonal" tarkibida Libertadores Kubogi va Qitalararo Kubokni qo'lga kiritgan.

“Penyarol”ning o'sha vaqtdagi murabbiyi, JCH-78 chempioni Sezar Luis Menottiga Paologa ishonish mumkinligidan mamnun edi. U markaziy himoyachini o'zining do'sti — “Atalanta”ning sport direktori Franko Previtaliga tavsiya qilgan. Bergamo jamoasiga Marchello Lippi, keyinchalik Emiliano Mondoniko murabbiylik qilgan. Paolo 20 yoshida Evropadagi faoliyatini boshlagan. “Men juda ham baxtli edim. Hozir APL va Primera futbol dunyosining markazi bo'lganidek, A Seriya ham o'sha vaqtlarda hammaning etiborida edi. Barcha Lotin amerikaliklar o'sha erda o'ynashni orzu qilardi”, — deya yodga oladi Montero.

Mavsumning dastlabki uchrashuvlaridan birida “Atalanta” “Milan”ga qarshi o'ynaydi. Final hushtagidan so'ng, Paolo Franko Barezining yoniga borib, futbolkasini berishini iltimos qiladi. Lekin Barezi futbolkani shunchaki berib yubormaydi. Bunga javoban A Seriyaga endigina kelgan qarshisidagi notanish yigit egnidagi futbolkani so'raydi. Paolo tarkibga tezda moslashib ketdi, lekin muntazam ravishda maydonga tushgani yo'q: ishonchli o'yin, golga olib kelgan xatolar bilan yonma-yon yurardi. Tanqidchilar Monteroni qo'pol deb atashdi. “Atalanta” muxlislari esa uning kelib chiqishi Lotin amerikalik bo'lgani uchun uni yoqtirmasdilar. O'sha paytlarda Monteroning oilasi urugvaylik futbolchi Dario Ubriakoni himoya qiladi. U keyinchalik mashhur hakam bo'lgan. Ubriako stadion yaqinidagi barda “Atalanta” — “Pyachenca” bahsini Monteroning otasi bilan birgalikda tomosha qiladi. Paolo o'shanda hech narsa qilolmagani uchun muxlislar uni qattiq haqorat qilganlar.

Marchello Lippi CHempionlar Kubogini qo'lga kiritganidan keyin “Yuventus” tarkibini yangilaydi. U “Atalanta”dagi tanishi Montero bilan birganilikda Zidan, Vieri, Yuliano, Boshkich va Amoruzoni chaqiradi. Birinchi ikki mavsumda Paolo ikkita skudettoga ega bo'lib, ikki marotaba  CHempionlar Kubogi finaliga chiqadi. 97/98 yilgi mavsumda janjal bo'lgandi: “Inter”ga qarshi hal qiluvchi bahsda hakam CHekkarini edi. O'shanda hakam o'yinchining Ronaldoga nisbatan qo'pol harakati uchun penalti belgilamadi. Har ikki mavsumda ham Montero asosiy tarkibda o'ynagan. Lippi talabchan edi. Urugvaylik o'sha paytlarni shunday yodga oladi: “Agar murabbiy hattoki, CHiro Ferraraga baqirayotgan bo'lsa, u holda meni haydab yuborishi hech gap emasdek edi”.

Paolo birinchi mashinasini sotib olgan kuni Mark Yuliano bilan “Milan”ning bazmiga borgan. “Hozir ikkimiz ham oilalimiz, shu sababli hamma gapni ochiq-oydin aytib berolmaymiz. Lekin ishoning, biz o'z vaqtida yorqin porlagan o'yinchilardanmiz”, — deya hazillashgandi Montero. O'shanda ular mast holatdagi yigitlar bilan janjallashib qolgandilar. Yuliano urishib ketmoqchi bo'lganida, Paolo bazo'r do'stini to'xtatib qoladi: “Sababi ular 10dan ortiq yigit edi. Ular bizni o'ldirib qo'yishlari hech gapmasdi. O'zingizga malum, urush-janjal xech qachon yaxshilik bilan yakunlanmagan”.

Lippi “Inter” bilan sharnoma borasida kelishib olganida, “Yuve” tanazzulga yuz tutdi. Mavsum o'rtalarida kiyinish xonasida bo'lgan janjaldan so'ng, murabbiy lavozimidan bo'shatilgan edi. Karlo Anchelotti Turinga keladi. U 1999/2000 yilgi mavsumda skudettoni qo'lga kiritishi mumkin edi. Hammasi oxirgi turda hal bo'ldi: turinliklar Perujada zafar quchishlari shart edi. Rimliklar hakamlarni xolis bo'lishlarini talab qilishdi. “Lacio” muxlislari esa shahar bo'ylab, banner ko'tarib yurishdi. Perujadagi o'yin kuchli yomg'ir tufayli 1 soatga to'xtatilgandi. Ikkinchi taymda darvoza yaqinidagi Montero to'pni Kaloriga uzatdi va hisob ochildi. “Biz kiyinish xonasida naqd 64 daqiqa o'tirdik! Lekin hamma ish maydonda hal bo'ldi va bu eng asosiysi. Men uchun tablodagi raqamlar juda muhim”, — deydi Montero. Kelasi mavsumda “Yuve” “Roma”dan ham qolib ketdi.

Tinimsiz xatolarga qaramay, Anchelotti Monteroga yaxshi munosabatda bo'ldi: “Paolo — sho'x, lekin uning hurmatga loyiq axloqiy sifatlari bor”. Bir kuni Montero tuni bo'yi Fabian O’Nil bilan birga ichdi va mashg'ulotga juda yomon ahvolda keldi. Bu haqida turli gap so'zlar tarqalganida, Karlo o'yinchisini himoya qilib, uning biroz mazasi yo'qligini aytadi. Montero Muracci tumanidagi Po daryosi bo'yida o'tirishni yoqtirardi. Ko'pincha tunda u erga borib aylanardi. U bir kuni Zidanni ham o'zi bilan olib borganidan so'ng, SHimolik afrikaliklar ham “Yuve”ga muxlislik qila boshlagandi. “Yuventus” xalqaro maydonda ham xatolarga yo'l qo'ydi. “Torino” sobiq o'yinchisi Agroppi televideniedagi suhbat payti shunday degandi: “Ular Evropada sharmanda bo'lishadi! Nega deysizmi? CHunki u erda ularga yordam beradigan hakamlar yo'q”.

Karlo Anchelotti avtobiografiyasida jamoa “Panatinaikos”ga 3:1 hisobda mag'lub bo'lib, Turinga qanday qaytgani haqida ham so'zlab bergandi. Aeroportga mag'lubiyatdan achchiqlangan barcha muxlislar yig'ilgandi. Birinchi bo'lib Zidan chiqqan, uni itarib yuborishgandi. Montero to'xtab, ochkisini echgan. Keyin omma oldiga borib, qo'lini musht qilib, o'zini himoya qilishga tayyorlangan. Montero uchun avtoritet muhim emas edi. Agar klubdoshlari unga telefonda gaplashishga halal berishsa, ularning “PlayStation”ini ham sindirib tashlashdan qaytmasdi. Bir safar Paolo barga borganida, “Fiorentina”ning muxlislariga ko'zi tushdi. O'shanda kichik kelishmovchilikdan katta janjal yuzaga kelgandi.
Montero “Yuventus” bilan 5ta skudetto yutgan (ularni birini Kalchopoli tufayli olib qo'yishgan). “Men oq-qora kiyim kiyganmanimdan beri shu jamoa uchun kurashib kelaman” — degan edi Paolo. Jamoaga Edgar Davids kelganida, Montero gollandiyalikni shunday qarshi olgandi: “Raqiblarimizga birgalikda zarba beramiz”.

Montero prezidentga yaxshi munosabatda bo'lgan, lekin bir kuni uni haqoratlagan. Bu tasodifan bo'lgan: Janni unga ertalab telefon qilgan, Paolo esa klubdoshlari o'yin qilyapti deb o'ylagan.

Bir reporter Fabio Kapelloga quyidagi savol bilan yuzlangan: “Tasavvur qiling, “Yuventus”ning bitta o'yinchisini hoziroq va tekinga olishingiz mumkin. Kimni olgan bo'lar edingiz?”. “Roma” murabbiyining javobi ko'pchilikni hayron qoldirgan: “Albatta, Monteroni. U — “Yuventus” mudofaa qismining miyasi va yuragi. “Stadiondan tashqarida raqiblarim bilan yaxshi munosabatda bo'lsam ham, maydonda ularni ayab o'tirmasdim. Men himoyachi bo'lganman va shuning uchun o'z darvozamni himoya qilishim zarur edi. To'g'ri, buning uchun bazida o'yin qoidalarini buzishimga to'g'ri kelardi. Bu meni qiziqtirmasdi. Men uchun eng muhimi jamoam g'alabasi edi”, — deydi Montero.

1999/2000 yilgi mavsum o'rtasida Alessandro Del Pero tushkunlikka tushib qoldi. U jarohatdan so'ng oyoqqa turishi qiyin kechdi va avvalgi darajasiga chiqa olmasligidan havotirga tushib qolgandi. O'yindan avval Sandro mehmonxonadagi nomeriga qaytayotgandi, yo'lda Montero uni ko'rib to'xtatdi. Ular yaqin do'st ham, sirdosh ham emasdilar. Ularni faqat bir-birini tushunish va o'zaro hurmat bog'lab turardi. Paolo dedi: “Oshna, senga nima bo'ldi? Bunday kayfiyatsiz bo'lib yurishingga yana qancha chidaymiz? O'zi nima gap?”. Del Pero indamadi. Montero so'zida davom etib: “Nima bo'lgan taqdirda ham, tezroq oyoqqa tur. Axir bizga keraksan. Yosh futbolchilar sening shu axvolingdan o'rnak oladimi?!”.

Bu suhbatdan bir kun o'tib, Del Pero kiyinish xonasida Monteroni qidirdi. Sanro bir necha haftadan beri endi tabassum qilgandi. U o'ziga kelib, qo'rquvni enga olgandi. “Paolo meni ancha vaqt kuzatgani aniq edi. U o'zim ko'rmagan qirralarimni ko'ra olgandi. U men uchun tundagi nur bo'la oldi”, — deb yozgandi avtobiografiyasida Del Pero.

2018 yil kuzda Montero, Pirlo, Batistuta va Jilardino UEFA A kategoriyasi bo'yicha professional murabbiylik licenziyasiga ega bo'lishdi. Endi ular A va B Seriya klublarida bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlashlari yoki Lega Pro klublarida bosh murabbiy lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin. Lekin hozirdan Paolo Montero rahbarligi ostidagi jamoa qanday bo'lishini tasavvur qilsa bo'ladi: keskin o'ynovchi, biroz qo'pol, natija uchun barcha ishni qiladigan, ammo o'ziga xos g'urur qoidalariga amal qiluvchi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика