A Seriya. "Napoli" "Inter"ga maksimal yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi
08 apr 06:07
Yangiliklar


A Seriya. "Napoli" "Inter"ga maksimal yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi
A Seriyaning 31-turida "Napoli" "Bolonya" mehmoni bo'ldi.
Neapolliklar 18 daqiqada tezkor gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Anguissa o'z nomini tabloga yozdirib qo'yib, "Napoli"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo'lim o'rtalarida mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Dan Ndoyening goli mehmonlarni muhim ochkolardan mahrum qildi.
Shunday qilib, "Napoli" A Seriya jadvali etakchisi "Inter"ga maksimal yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar