A Seriya. “Milan” o'z maydonida “Roma”ni taslim etib, 6-pog'onadagi “Napoli”ga etib oldi
28 iyu 2020 22:13
Yangiliklar


A Seriya. “Milan” o'z maydonida “Roma”ni taslim etib, 6-pog'onadagi “Napoli”ga etib oldi
Bahsda “rossonerilar” Ante Rebichning goli va Xakan CHalxanogluning penaltidan yo'llagan aniq zarbasi evaziga evaziga zafar quchishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Stefano Poli shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 42taga etdi va jamoa 6-o'rindagi “Napoli" bilan tenglashib oldi. Neapolliklar tur uchrashuvini birozdan so'ng o'tkazadi.
Milan – Roma 2:0 (0:0, 2:0)
«Juzeppe Meacca (San-Siro)»
Gollar: 1:0 – 76 Rebich, 2:0 – 89, penalti CHalxanoglu.
Milan – Donnarumma, Konti, Ker, Romanoli, Teo, Kastilexo (Salemakers, 54), CHalxanoglu, Bennaser, Bonaventura (Lukas Paketa, 54), Kessie, Rebich (Rafael Leau, 78).
Roma – Mirante, Dzappakosta, Manchini, Spinaccola, Smolling, Pellegrini (Diavara, 81), Mxitaryan (Perotti, 69), Kristante (Pastore, 81), Veretu, Klyuyvert (Karles Peres, 58), Djeko (Kalinich, 70).
Ogohlantirishlar: Pellegrini (22), Kastilexo (41), Rebich (62).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar