A Seriya. "Lacio" qatorasiga 3-bor mag'lubiyatga uchradi
11 iyu 2020 22:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580444_original.jpg)
![](/upload/storage/580444_220.jpg)
A Seriya. "Lacio" qatorasiga 3-bor mag'lubiyatga uchradi
Uchrashuvda hisob 33-daqiqada mezbonlar vakili Luis Alberto tomonidan ochildi. "Sassuolo" ikkinchi bo'lim avvalida hisobni tenglashtirgan bo'lsa, uchrashuvga qo'shib berilgan 1-daqiqada Franchesko Kaputo tomonidan urilgan gol mehmonlarga 3 ochko taqdim qildi.
SHu tariqa musobaqa jadvalida 2-o'rinda borayotgan Simone Inzagi jamoasi ketma-ket 3-o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi. Bunga qadar "Milan" (3:0) va "Lechche"ga (2:1) ham imkoniyat boy bberilgandi. Agar bugun "Atalanta" "Yuventus"dan ustun kelsa, "Lacio"ni 3-pog'onaga tushirib yuboradi. "Sassuolo" esa ushbu g'alabadan keyin 8-o'ringa joylashgan (46 ochko).
Italiya chempionati turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.
Lazio Luis Alberto - 33' Serie A . 32-tur 11/07/2020, 20:15
Sassuolo Giacomo Raspadori - 52', Francesco Caputo - 90' Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 0 tomoshabin Bosh hakam: Marco Di Bello
Lacio – Sassuolo 1:2
11 iyul, 20.15, «Stadio Olimpiko»
Gollar:
1:0 – 33 Luis Alberto, 1:1 – 52 Raspadori, 1:2 – 90 Kaputo.
Lacio – Strakosha, Lukaku (Xoni Rodriges, 46), Radu (Vavro, 83), Bashtush, Laccari, Luis Alberto (Adekane, 83), Milinkovich-Savich (Leyva, 67), Parolo, Acherbi, Kaysedo (Kataldi, 61), Immobile.
Sassuolo – Konsili, Marlon, Ferrari, Tolyan (Myuldyur, 46), Kiryakopulos, Lokatelli, Boga (Rojerio, 79), Burabiya, Djurichich (Garaslin, 68), Traore (Kaputo, 46), Raspadori (Manyani, 89).
Ogohlantirishlar:
Parolo (23), Immobile (42), Myuldyur (51), Bashtush (75), Ferrari (83), Leyva (85).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar