A Seriya klubi Zlatan Ibragimovichga 8 million evro to'lashga tayyor
02 noy 2019 14:32
Yangiliklar
A Seriya klubi Zlatan Ibragimovichga 8 million evro to'lashga tayyor
"Bolonya" prezidenti Joui Saputo "Los Anjeles Gelaksi" hujumchisining transferiga ruxsat berdi.
Xabar qilinishicha, Italiya klubi Zlatanning moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga rozi bo'lgan. SHu sababdan, klub Ibragimovichga 1,5 yil uchun 8 million evro maosh to'lashga tayyor turibdi.
Eslatib o'tamiz, Ibragimovich 2009-2011 yillar davomida "Barselona" tarkibida o'ynagan.
38 yoshli shved futbolchisining Kaliforniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2019 yil 31 dekabrda o'z yakuniga etadi.
Zlatan "Barselona" va "Los Anjeles Gelaksi"dan tashqari "Malmyo", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Yuventus", "Milan", PSJ va "Manchester Yunayted" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar