A Seriya klubi Yovich va Riberiga qiziqmoqda

Alisher
28 avg 2021, 10:53
"Real" forvardi Luka Yovich "Sampdoriya" e'tiborini tortdi.

Genuyaliklar yozgi transfer oynasi so'nggiga qadar 23 yoshli serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqishadi.

"Sampdoriya" shuningdek "Fiorentina" va "Bavariya"ning 38 yoshli sobiq yarim himoyachisi Frank Riberiga ham qiziqmoqda.

Bundan tashqari, Genuya klubi "Napoli" bilan hujumchi Andrea Petanya borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda, shuningdek "Monako" bilan o'tgan mavsum "Sampdoriya"da ijarada o'ynagan vinger Keyta Balde bo'yicha ham aloqada.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com